UzAuto Motors oktabr-noyabr oylarida Lacetti va Labo yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarini bajara olmaydi
Xaridorlar yana qo‘shimcha 2 oy kutishlariga to‘g‘ri keladi.

Foto: UzAuto Motors
UzAuto Motors kompaniyasining ma'lum qilishicha, yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligi tufayli, oktabr va noyabr oylarida Lacetti va Labo avtomobillarini kutayotgan xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalarni o‘z vaqtida bajarish imkoniyati mavjud emas. Xaridorlar yana 2 oygacha kutishlariga to‘g‘ri keladi.
Kompaniya mazkur vaziyatda shartnomaning 3.1.1 bandini qo‘llashga to‘g‘ri kelishini ma'lum qilgan.
«UzAuto Motors'ga bog‘liq bo‘lmagan holatlar, xususan, yarimo‘tkazgichlardan (mikrochiplardan) tayyorlangan butlovchi qismlarning global taqchilligi sababli kompaniya 3.1.1 bandini qo‘llashga hamda 3.1 bandda ko‘rsatilgan Chevrolet Lacetti hamda Labo avtomobillarining kutilayotgan yetkazib berish muddatini 2 oyga uzaytirishga majbur», deyilgan xabarda.
Avvalroq, kompaniya 4-pozitsiya Chevrolet Cobalt'ni kutayotgan mijozlarga avtomobilni isitish o‘rindig‘i modulisiz taklif etgandi. Ushbu holatga ham mikrochiplarning global tanqisligi sabab sifatida ko‘rsatilgandi.
Tavsiya etamiz
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

14:22 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi

16:31 / 10.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi

21:14 / 09.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasining shvetsiyalik sobiq rahbari yangi ish topdi

18:45 / 27.12.2024