25 oktabr kuni Jizzax viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat işlari böyiça Jizzax şahar sudining sudyasi E.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Kun.uz’ning huquqni muhofaza qiluvçi organlardagi işonçli manbasi bergan xabarda aytilişiça, sudya boşqa bir iş böyiça jinoyat quroli deb topilgan va jarima maydonçasiga qöyilgan Gentra avtomobilini davlat ixtiyoriga musodara qilib yubormaslik evaziga fuqaro J.E.dan 1500 AQŞ dollari olganlikda gumon qilinmoqda.

Kun.uz holat böyiça izoh oliş maqsadida Sudyalar oliy kengaşi matbuot kotibi Tursunali Akbarov bilan boğlandi. Kengaş vakili sörovga javoban jinoyat işlari böyiça Jizzax şahar sudining sobiq sudyasi E.A. işdagi kamçiliklari uçun öz arizasiga köra lavozimidan ketganini bildirdi. U şuningdek, kengaşda jinoyat işi böyiça heç qanday ma'lumot mavjud emasligini qöşimça qildi.

Aytiş mumkinki, qoniqarsiz va quruq axborot beriş bilan kifoyalangan kengaş matbuot kotibi asl holatni bekitişga urinmoqda.

Bundan avvalroq Kun.uz Jinoyat işlari böyiça Jizzax viloyati Döstlik tuman sudining sobiq raisi pora olişda gumon qilinayotgani, sobiq sudyaning özi tergovdan yaşiringani tufayli qidiruvga berilgani haqida xabar qilgandi.

Eslatib ötamiz, Kun.uz saytida Sudyalar oliy kengaşi intizomiy jazoga tortilgan sudyalarning şaxsini sir tutib kelişi, sudyalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tizim “obrösini saqlaş” maqsadida yaşirişi va sudyalarning “advokati”ga aylanib qolayotgani haqida maqolalar e'lon qilingan.