Manbaning Kun.uz'ga bildirişiça, sud raisi 11 ming AQŞ dollari miqdorida pora olişda gumonlanib, unga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Biroq sudya tergov organlaridan yaşiriniş maqsadida çet elga qoçib ketgan. Şu tufayli unga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.

Manba sudyaning ism-familiyasi Fazliddin Pardayev ekanini ma'lum qildi. Içki işlar vazirligi saytiga joylangan qidiruvdagi şaxslar röyxatida şunday ism-familiyali şaxs JKning 210-moddasi (pora oliş)da gumonlanayotgani körsatilgan.

Boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov Kun.uz söroviga asosan qidiruvdagi mazkur şaxs aynan şu sudya ekanini tasdiqladi. Uning ma'lum qilişiça, jinoyat işlari buyiça Döstlik tumani sudi sobiq raisi iş yurituvidagi jinoyat işi yuzasidan sudlanuvçiga yengilroq jazo tayinlaş evaziga advokat orqali muayyan miqdorda pora olişga qaratilgan xatti-harakat sodir etgani holati yuzasidan 2021 yil 29 mart kuni jinoyat işi qözğatilgan.

“Gumonlanuvçi tergov organiga kelişdan boş tortib, yaşiringani sababli unga nisbatan sirtdan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan holda qidiruv e'lon qilingan.

Iş böyiça haqiqatni aniqlaşga tösqinlik qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida boşqa tafsilotlar oşkor qilinmaydi”, – deyiladi Boş prokuratura ma'lumotida.

Sudyalar oliy kengaşi matbuot kotibi Tursunali Akbarov Kun.uz söroviga javoban ma'lum qilişiça, Fazliddin Pardayev “faoliyatida jiddiy kamçiliklarga yöl qöygani uçun” 2021 yil 5 aprel kuni Jizzax viloyati JIB Döstlik tuman sudining raisi vazifasidan ozod etilgan.

Akbarov unga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi böyiça kengaşda ma'lumot mavjud emasligini bildirdi.

Ma'lumot örnida, 2019 yilda Döstlik tuman sudi raisi Fazliddin Pardayev bergan ma'lumotga asosan, Jizzax viloyati hokimligi saytida kiçik xabar joylangan. Xabarda bir şaxs Döstlik tuman sudi binosida tergovçiga 100 dollar pora berişga uringan vaqtida qölga olingani hamda sud hukmiga asosan JKning 211-moddasi (pora beriş) 1-qismi bilan aybdor deb topilib, 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgani aytiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzax viloyatida tuman prokurori, Samarqand viloyatida esa tuman prokurori örinbosari pora bilan qölga tuşgani xabar