«Bir para dars uçun ikki kun tayyorgarlik köriş, 200 bet narsa öqiş kerak. Bugun talabaning qölida Wikipedia, YouTube, elektron kutubxona turibdi. Endi uni çöpçak bilan aldab bölmaydi. Tayyorgarlik bölişi kerak», – dedi vazir.
13 noyabr kuni oliy ta'lim vaziri Abduqodir Toşqulov rahbarligida oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oşiriş, kredit-modul tizimini tatbiq etişdagi muammolarga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Unda Toşqulov talabalarning mustaqil ta'limini taşkil etişda muammolar saqlanib qolayotgani haqida gapirdi.
«Kredit modul tizimida talaba öquv yuklamasining 40 foizini auditoriyada ötaydi, 60 foizini mustaqil örganadi. Auditoriya soatlari 56 foizga kamaydi. Talabaning mustaqil ta'limiga ajratilgan vaqti 47 foizga ortdi.
Lekin mustaqil ta'limni taşkil etiş böyiça tizim va tuşunça yöq. Talabaga vazifani töğri bera olmayapmiz. Bu ularning böş qolib ketişiga sabab bölyapti. Talabalarga bu gaplarimdan kelib çiqib sarğaygan qoğozlarga referat yoziş kerak, degani emas. Yangi usullardan foydalaniş kerak.
Xorijiy universitetlar filiallaridan örganing, oddiy topşiriq bering. YouTube’dan «Osmondagi bolalar» loyihasidagi bir iqtisodçining çiqişini körib, tuşunganlaringni yozib kel desangiz, bu ham mustaqil ta'lim. Yoki maşhur professorning ma'ruzasini eşitib kel desangiz, bu ham mustaqil ta'lim. Aksinça, hozir nima qiladi, kompyuterdan oladi, çop qiladi va olib keladi. Bola mehnat qilmaydi», — dedi vazir.
Şuningdek, Abduqodir Toşqulov OTMlar rahbarlarini axborot resurs markazlariga jiddiy e'tibor qaratişga çaqirdi.
«Qaysi davlatga borgan bölsam, kutubxonasiga kirganman, hammasi liq töla. Talabaning oldida kamida 20ta resurs: kitob, dissertatsiya, jurnal turadi. Bolaning suvi, ovqati yonida böladi, bola kutubxonada yaşaydi. Çunki kutubxona 24 soat işlaydi. Qayerda şunaqa şaroit yaratilgan?
Bugundan mustaqil ta'limda işlaşga örgatmas ekanmiz heç narsaga erişmaymiz.
Hurmatli rahbarlar, qança pul bölsa, axborot resurs markazlariga sarflang. Yaqinda 40ta oliy ta'lim muassasasining ham akademik, ham moliyaviy mustaqilligi loyihasi işlab çiqilgan, unga tayyorgarlik köriş kerak», — deya ta'kidladi vazir.

















