Qoraqalpoğistonda tadbirkor böliş istagida bölgan fuqarodan pul talab qilgan firibgar uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum bölişiça, departamentning Törtköl tuman bölimi va DXX tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qiliş yuzasidan tezkor tadbir ötkazilgan.

Unda fuqaro U.S. firibgarlik yöli bilan noqonuniy daromad orttiriş maqsadida, fuqaro S.ga tanişlari orqali dökon qurişi uçun yer maydoni olib berişni va'da qilib, unga tuman hududidan “Eko bozor” qurilişi uçun 75 kv. metr yer maydoni ajratilganligi haqidagi tuman hokimining soxta farmoyişini taqdim qilib, evaziga 7 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora beriş) va 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Bundan oldin Xöjayli tumanida MÇJ nomidagi 1 mlrd sömlik mulklarni sobiq rahbarlar sotib yuborgani aniqlangandi.