Bugun Özbekiston Kinoarboblari ijodiy uyuşmasi tomonidan Kinoçilar uyida an’anaviy “Oltin Humo” milliy kinomukofotining tantanali marosimi bölib ötdi. Avval kinoyulduzlar va ijodkorlar an’naviy qizil yölakçadan ötişdi. 

Tadbir boşida kino sohasida yil davomida amalga oşirilgan işlar aks etgan maxsus videorolik taqdim etildi. Söngra, boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov, Kinematografiya agentligi boş direktori Firdavs Abduxoliqov, Özbekiston Kinoarboblari ijodiy uyuşmasi raisi Matyoqub Matçonov sözga çiqişdi. Barçani bayram şukuhi bilan muborakbod etişdi. 

Foto: Kinematografiya agentligi
Foto: Kinematografiya agentligi

Tadbir davomida ötganlar yod etilib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Özbek kinosining darğalari tadbir davomida yana bir bor eslanib, söngra tadbir davomida MDH davlatlaridan taşrif buyurgan mehmonlar taniştirildi. 

Foto: Kinematografiya agentligi

Tadbir davomida Özbekiston xalq artisti Farrux Zokirov kinodagi faoliyatini yodga olib, “Temir xotin” filmidagi saundtreki bilan mehmonlarga kötarinki kayfiyat bağişladi.

Foto: Kinematografiya agentligi

Şuningdek, Madaniyat vaziri, Özbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov “San’atdan baxtini topganlar” nomli qöşiğini ijro etdi. 

“Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti quyidagi nominatsiyalar böyiça öz egalariga topşirildi:

  • Eng yaxşi hujjatli film: “Xalq jasorati”, rejissyor Ali Hamroyev;
  • Eng yaxşi animatsion film: “Avtosarguzaştlar 4”, rejissyor Abdulatif Haydarov;
  • Eng yaxşi kompyuter grafikasi: “Ibrat” filmi uçun Dilşod Latifxöjayev;
  • Eng yaxşi kino bastakori: “Rangsiz tuşlar” filmi uçun Ubaydulla Karimov;