Samarqandda ötgan «Qandli diabetning dolzarb masalalari» hamda «Öz-özini nazorat qiliş maktablari» mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi. Unda barça viloyatlardan endokrinologlar va endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi xodimlari iştirok etişdi.

Qayd etiş joizki, tadbir Özbekiston Respublikasi prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi «Endokrinologiya xizmatini takomillaştiriş va kölamini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 102-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amaliyotga tezroq tatbiq qiliş maqsadida taşkil etildi.

Prezident qarorida 2022-2024 yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami körsatişni rivojlantiriş dasturi ham qabul qilingan. Unda belgilangan rejalarga köra, respublikaning 40 yoşdan oşgan aholisida yiliga bir marta qandli diabet kasalligiga skrining ötkazilişi yölga qöyilmoqda. Belgilangan muddatda respublika aholisiga endokrinologiya yordami körsatişni rivojlantiriş dasturini amalga oşiriş uçun 350,4 mlrd söm ajratiladi.

Çunki mutaxassislar Kovid pandemiyasidan söng uşbu dardga çalinganlar soni ortgani, umuman diabet kovid asoratlaridan biri ekanligini qayd etişmoqda.

Soğliqni saqlaş vazirligi boş endokrinologi, tibbiyot fanlari doktori Feruza Haydarova ayni paytda butun dunyoda, jumladan, Özbekistonda ham qandli diabet epidemiyasi kuzatilayotgani, prezidentning tibbiyot sohasiga oid ilk qarori bejiz endokrinologiya xizmatini yuksaltiriş borasida qabul qilinmaganiga urğu berdi.

Feruza Haydarova

«Hozir asosiy muammo nimada? Biz bu turdagi kasalliklarni juda keç taşxislaymiz. Juda köp bemorlarda surunkali asoratlar bor.

Diabetning ahamiyati şunçalik yuqoriki, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan ilk hujjatlardan biri endokrin xizmatni yanada rivojlantiriş böyiça dasturning qabul qilinganidir.

Samarqandda ötayotgan konferensiya kabi tadbirlar respublikamizning barça viloyatlarida taşkil etiladi. Keyingi konferensiya Navoiy şahrida böladi va diabetdagi semirişga bağişlanadi.