Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbir oldidan DSQ raisi Şerzod Qudbiyev OAV vakillari bilan muloqot qildi.

“Tizimimizda raqamlaştiriş, zamonaviy texnologiyalar joriy qiliş bilan jiddiy şuğullanyapmiz. Yodingizda bölsa, oldin tadbirkorlar elektron hisobot topşirişda köp muammolarga duç kelişar, “Soliq.uz yiqildi” degan ibora juda köp işlatilardi. 2021 yilda beri bu tizimimizda uziliş kuzatilmadi. Sababi, prezidentimizga rahmat, qömitamiz eng quvvatli serverlar bilan ta’minlab berildi.

Yana bir jihatga e’tiboringizni qaratmoqçiman – binolarimizning ustidagi quyoş panellariga e’tibor bergandirsiz. Qömitamizning markaziy binolari 80 foiz elektr ta’minotini özimiz ta’minlaymiz. Şunday kunlar böladiki biz özimizdan orttirib, umumiy tarmoqqa elektr energiyasi uzatamiz ham. 9 qavatli yangi bino qurilayotganida uning nafaqat tomini, balki taşqi fasadini ham asosan quyoş panellari bilan qopladik”, dedi u. 

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Kun.uz muxbirining sohadagi IT–mutaxassislar böyiça savoliga Şerzod Qudbiyev şunday javob berdi:

“Bu bizning eng nozik va murakkab sohamiz. Unda işlaydigan mutaxassislar töliq Özbekiston fuqarolari. Ya’ni öz yurtimiz farzandlari bemalol bu tizimni işlata olişyapti”.

Ayni paytda qömitada prezident iştirokida tadbirlar boşlanmoqda.