Angren şahar hokimi Nuriddin Abdurahimov hayotdan köz yumdi. Bu haqda prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi xabar berdi.
Nuriddin Abdurahimov 11 may kuni hayotdan köz yumgan. Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qilişiça, uning vafotiga betoblik sabab bölgan.
Ma’lumot uçun, 9 may – Xotira va qadrlaş kunida Angren şahrida yangi masjidga ilk ğişt qöyiş marosimi bölib ötgandi. Uşbu tadbirda Nuriddin Abdurahimov ham qatnaşgandi.
Nuriddin Abdurahimov 1978 yil Toşkent viloyatining Piskent tumanida tuğilgan, 1999 yilda Toşkent moliya institutini moliya va kredit-bank işi mutaxassisligi böyiça tamomlagan.
U mehnat faoliyati davomida Davlat mulk qömitasi huzuridagi Qimmatli qoğozlar bozori faoliyatini muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş markazi, "Özkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Iqtisodiyot vazirligida işlagan.
Nuriddin Abdurahimov 2018 yilda Özbekiston prezidenti ijro etuvçi apparati mamlakatni isloh qiliş va rivojlantiriş jarayonlarini axborot-tahliliy ta’minlaş şu’basi yetakçi konsultanti bölgan. 2018-2022 yillarda prezident administratsiyasining Ijro etuvçi apparat tahliliy materiallar tayyorlaş va Administratsiya bölinmalari faoliyatini muvofiqlaştiriş sektori yetakçi konsultanti sifatida işlagan.
U 2022 yilning yanvar oyidan buyon Angren şahar hokimi vazifasini bajaruvçi sifatida işlab kelayotgandi.












