“Agrar universiteti Qişloq xöjaligi vazirligi tasarrufida. Bu universitetga hozir qişloq xöjaligi vaziri (Jamşid Xöjayev – tahr.) rektor sifatida faoliyat körsatyapti.
U yerda juda katta attestatsiya ötkazildi. Juda köp öqituvçilar işdan böşatildi. Botir Sulaymonov işiga kelsak, tergov jarayoni ketayotgani uçun men bir narsa ayta olmayman. Eng muhimi, ehtiyot çorasi sifatida qamoq qöllanilgan. Hozir dastlabki tergov jarayoni ketyapti. Balki moliyaviy xatoliklar bölgandir, balki qabul bilan boğliq holatlar bölişi mumkin.
Ba’zi oliy ta’lim muassasalarini tekşirganimizda şunaqa xatoliklar çiqyaptiki, super kontraktda öqişi kerak bölgan bola oddiy kontrakt bilan öqişi holatlari kuzatilmoqda. Menda rektor bilan ham şunga öxşaş holat sababli tekşiruv boşlandi, degan qaraş bor. Ammo tergov tugagunça biror narsa ayta olmaymiz. Xatoliklar bölmaganda rektorga nisbatan bunaqa katta iş oçilmasdi”, – dedi vazir.

Kun.uz manbasiga köra, Toşkent davlat agrar universitetining sobiq rektori Botirjon Sulaymonov 2021 yil oktyabr oyida tergov harakatlari doirasida qamoqqa olingan, ayni paytda sud jarayonlari davom etmoqda.
Şuningdek, universitetning boşqa ayrim mas’ullari ham iş doirasida sudga jalb qilingan.
Ma’lumot uçun, akademik Botirjon Sulaymonov 2021 yil yanvarida qişloq xöjaligi vaziri örinbosari – Qişloq xöjaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-işlab çiqariş markazi boş direktori lavozimidan ozod etilgandi.











