Sugdnews xabariga köra, uçraşuv 9—14 iyun kunlari bölib ötgan, unda Özbekiston va Tojikiston örtasidagi davlat çegarasining demarkatsiya çiziğini loyihalaş masalalari muhokama qilingan.
«Uçraşuv döstlik va özaro hamjihatlik muhitida ötdi. Tadbir yakunlari böyiça tegişli bayonnoma imzolandi», — deyiladi naşr xabarida.
Navbatdagi uçraşuv Özbekiston hududida bölib ötadi.
Tojikiston va Özbekiston örtasidagi çegaraning umumiy uzunligi 1332,9 kilometrni taşkil etadi, şu jumladan quruqlikdagi çegarasi – 1227,98 kilometr, suv (daryo) – 105 kilometr.
Bugungi kunga qadar Tojikiston-Özbekiston çegarasi 2002 yil 5 oktyabrdagi kelişuv va 2018 yil 9 martdagi davlat çegarasining alohida uçastkalari töğrisidagi şartnoma asosida töliq delimitatsiya qilindi, çegarani demarkatsiya qiliş işlari davom etmoqda.











