Qayd etilişiça, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri hamda tumanlar va şaharlarda tarkibiga 15 nafardan jami 3320 nafar tajribali, obroʻ-eʼtiborli keksalar jamlangan Nuroniylar jamoatçilik kengaşlari tuzildi. 

Bundan taşqari, "Bir nuroniy ön yoşga mas’ul" tamoyili asosida 26 ming nafardan ortiq nuroniylar 258 750 nafar işsiz, tarbiyasi oğir va muammoli yoşlarga biriktirildi. Tegişli reja-grafik asosida “Bir nuroniy ön yoşga mas’ul” şiori bilan 80 mingdan ortiq uçraşuvlar taşkil etildi.

Yoşlar tarbiyasida nuroniylar boy hayotiy tajribasidan unumli foydalaniş, jinoyatçilik va huquqbuzarliklar oldini oliş, oilalar mustahkamligini ta’minlaşda munosib iştirok etayotgan keksalarni rağbatlantirib boriş maqsadida joylarda “Bir nuroniy ön yoşga mas’ul” tanlovi ötkazilişi belgilandi.

Tanlov Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligi, “Nuroniy” jamğarmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoşlar işlari agentligi hamkorligida har yili bir marta ikki bosqiçda ötkaziladi.

Tanlov nizomiga köra tuman va viloyat darajasida eng yuqori körsatkiçga erişgan nuroniylar “Nuroniy” jamğarmasi mablağlari hisobidan 10 million sömgaça rağbatlantiriladi. Ayni kunlarda hududlarda tanlovning sektor bosqiçlari yakunlanib, tuman (şahar) bosqiçlari ötkazilmoqda.