«Toşkent şahar ETK» matbuot xizmati xabariga köra, Şayxontohur tumani Oqlon mahallasidagi «Oqlon» masjidining kengaytirilişi hamda rekonstruksiya qilinişi kutilmoqda.

Şu munosabat bilan hududdagi quvvati 10 kV bölgan yuqori kuçlanişli TP-2762 sonli transformator punktini joyidan boşqa xavfsiz joyga köçiriş işlari olib boriladi. Uşbu hududdagi aholi yaşaş xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinçalik uzilişlar kuzatiladi.

Şayxontohur tumanining «Oqlon» MFY, «Kökça» MFY, «Samarqand darvoza» MFY, «Yangişahar» MFY, «Gulobod» MFY, «Boğ köça» MFY hamda Ahil köçasida yaşovçi aholi xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinçalik öçirilgan.

Bildirilişiça, «Toşkent şahar elektr tarmoqlari korxonasi» tasarrufidagi Şayxontohur tuman elektr ta’minoti korxonasi işçi-xodimlari tomonidan uşbu vaziyatni tezkorlik bilan bartaraf etiş uçun zarur çoralar körilmoqda.