Köp ötmay holat yuzasidan jinoiy iş qözğatilib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytilgandi.

Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudida uşbu iş yuzasidan sud jarayonlari bölib ötmoqda. Ikki nafar boğça xodimi ayblanuvçi sifatida jalb etilgan, deb xabar bermoqda sud majlisida bevosita iştirok etgan Kun.uz muxbiri.

Keça, 16 iyun kuni bölib ötgan sud majlisida sudlanuvçilarning advokatlari, sudlanuvçilar va jabrlanuvçilar – «Golden kids» xususiy boğçasi tarbiyalanuvçilarining ota-onalari (bir qismi) tinglangan. Prokuror, advokatlar va sudlanuvçilarning talabiga köra sud majlisidan foto va video tasvirga olişga ruxsat berilmagan.

Sudda jabrlanuvçi sifatida körsatma bergan aksar ota-onalar farzandining tanasida paydo bölgan jarohat izlariga holat böyiça video internetda tarqalganidan keyin e’tibor berganini aytişdi. Ulardan birining aytişiça, 3,5 yoşli bolasining tanasida 5 ta şunday igna iziga öxşaş jarohat bölgan, avvalroq ham farzandi tarbiyaçi qorniga igna sançganini aytgan, lekin ona bunday bölişiga işonmay e’tibor bermagan.

Yana bir jabrlanuvçining aytişiça, video tarqalgaç bolasining qorni, böyni va tizzasida ötkir igna izlariga öxşaş jarohatni payqagan.

Yana bir jabrlanuvçi avvaliga farzandi boğçaga xursand bölib borgani, mana şu voqea sodir bölişidan avval esa boğçaga borişni istamay qolganini gapirib berdi.

Yana bir jabrlanuvçi onaning sözlariga köra, bolasining tanasidagi özgarişlardan keyin tarbiyaçilarga murojaat qilganida doim boşqa bolalar bilan uruşgani uçun şunday bölgani borasida javob olgan va şu sabab bunga e’tibor bermagan.

Sudda iştirok etgan ruhşunos-mutaxassis bolalar bilan boğça xodimlari iştirokida psixologik suhbat olib borgani, bunday turdagi ruhiy zarba ta’siri bolada uning ruhiyatiga qarab turli muddatgaça saqlanib qolişi mumkinligini ma’lum qildi.

Ayblanuvçilardan birining advokati himoyasi ostidagi şaxs qilgan işidan puşaymon ekanini aytib, jabrlanuvçilardan uni keçirişlarini söradi. Öz navbatida ayblanuvçi ota-onalardan keçirim söraşni istagani, bunga boğça rahbariyati yöl qöymaganini aytdi.

Sud majlisi tanaffus e’lon qildi.

Ma’lumot uçun, Samarqand şahridagi «Golden kids» xususiy bolalar boğçasi xodimlariga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi bilan ayblov e’lon qilingan.