15 iyun, çorşanba kuni boşlangan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (PXIF) ğarbdan birorta ham jiddiy investor qatnaşmaydi, buni forum saytida e’lon qilingan dasturda köriş mumkin. Tadbirda rossiyalik milliarderlardan atigi olti kişi e’lon qilindi.

Dasturga köra, forumda jami 11 nafar ğarblik ma’ruzaçilar va olti nafar rossiyalik milliarder sözga çiqadi. Ğarblik iştirokçilarning aksariyati - beş nafari «Ğarb investorlari: yangi voqeliklar» muhokamasida qatnaşadi. Bular Fransiya, Italiya, Kanada va Amerika savdo palatalari hamda «Italiya sanoat konfederatsiyasi» vakillaridir. Uşbu taşkilotlarning maqsadi - Rossiyada bu davlatlar işbilarmonlarini qöllab-quvvatlaş. 

Yana ikki ğarblik ma’ruzaçi sport va unga nisbatan sanksiyalarning ta’siriga bağişlangan muhokamada sözga çiqadi. Rossiyadagi ğarb kompaniyalari manfaatlarini himoya qiluvçi Rossiya taşkiloti - Yevropa bizneslari assotsiatsiyasi rahbari Tadzio Şilling sanksiyalar şaroitida budjet va soliq siyosatini muhokama qiladi. Kelajak urbanizatsiyasi böyiça muhokamada italiyalik tadbirkor Fabio Kaççatori sözga çiqadi. 

Bundan taşqari, fransiyalik iqtisodçi Jak Sapir özini özi ta’minlaydigan iqtisodiyot muhokamasida iştirok etadi. Uruşdan oldin u muntazam ravişda Rossiya ommaviy axborot vositalarida paydo bölgan, şuningdek, Fransiyaning Yevropa ittifoqidan çiqişini himoya qilgan, deya ta’kidlaydi «Agenstvo» sayti. Biroq fevral oyi oxirida Sapir Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini qoralab, buni «asossiz va qabul qilib bölmas» deb atadi va RT hamda Sputnik bilan hamkorlikni tugatdi. 

Bu yil Rossiyadagi eng yirik iqtisodiy forumda atigi olti nafar rossiyalik milliarder sözga çiqadi. Öz navbatida, 2021 yilga kelib Rossiyada boyligi 1 milliard dollardan ortiq bölgan 120 dan ortiq işbilarmonlar bor edi. Forumdagi muhokamalarda «Severstal» egasi Aleksey Mordaşov, «Novatek» rahbari Leonid Mixelson, «Renova» guruhi direktorlar kengaşi raisi Viktor Vekselberg, «Trubnaya metallurgiçeskaya kompaniya» sobiq rahbari Dmitriy Pumpyanskiy, «Kasperskiy laboratoriyasi» asosçisi Yevgeniy Kasperskiy va «Çelyabinskiy truboprokatniy zavod» sobiq rahbari Andrey Komarov qatnaşadi. 

Ötgan hafta AQŞ Davlat departamenti AQŞ vakillari PXIFda heç qanday holatda qatnaşmasligini e’lon qildi va boşqa kompaniyalar hamda hukumatlarni boykotga qöşilişga çaqirdi. «Rossiya kuçlari Ukrainaga hujum qilayotganda «odatdagidek iş» bölmasligi haqida aniq signal berişga çaqiramiz», - dedi Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays.