Rossiyada mehnat qilayotgan muhojirlarning pul ötkazmalari Markaziy Osiyo mamlakatlari yalpi içki mahsulotining 30 foizini taşkil qilgan. Bugungi kunda ularning köpçiligi vatanga qaytmoqda, qolganlarining pul jönatmalari esa kamayib bormoqda.
Rossiyada Markaziy Osiyodan tört millionga yaqin muhojir mehnat qiladi: bir millioni Tojikistondan, xuddi şunçasi Qirğizistondan, ikki millionga yaqini Özbekistondan va 200 ming nafari Qozoğistondan. Ular asosan quriliş, transport, qişloq xöjaligi va xizmat körsatiş sohalarida hamda nisbatan yuqori malaka talab qilinadigan ayrim sohalarda işlaydi.
XMT ma’lumotlariga köra, Ukrainaga qilingan hujumdan söng Rossiyaga qarşi javob çorasi sifatida kiritilgan sanksiyalar Rossiya iqtisodiyoti va mehnat bozoriga jiddiy ta’sir körsatişi mumkin. Gap ikki millionga yaqin iş örinlarining yöqolişi va işsizlikning 4,4 foizdan 7,8 foizga ösişi haqida ketyapti. Rossiya iqtisodiyotining tanazzulga uçraşi esa u yerda mehnat qilayotgan muhojirlarning daromadiga va şunga mos ravişda öz mamlakatlaridagi iqtisodiy vaziyatga ham ta’sir qilişi muqarrar.
«Rossiyadan pul ötkazmalarining keskin kamayişi, şubhasiz, pul ötkazmalariga tayanadigan mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir körsatadi. Aksariyat muhojirlar hozirça Rossiyada qoliş istagini bildirişgan, ammo agar iqtisodiyot yomonlaşsa, köproq odamlar uylariga qaytadi», - deydi XMTning Venadagi mintaqaviy vakolatxonasi direktori Renate Xeld.
XMT ma’lumotlariga köra, joriy yilning birinçi çoragida tojikistonlik 60 ming, özbekistonlik 133 ming muhojir Rossiyadan vataniga qaytib ketgan.
Muammo kölamini tuşuniş uçun raqamlarga e’tibor qaratiş taklif etilgan: 2020 yilda mehnat muhojirlarining Qirğiziston va Tojikistonga ötkazgan pul ötkazmalari uşbu davlatlarning har biri yalpi içki mahsulotining mos ravişda 31 va 27 foizini taşkil qilgan. Ötkazmalarning katta qismi aynan Rossiyadan bölgan. Umumiy tarix, geografik yaqinlik, tilni biliş, soddalaştirilgan ma’muriy tartiblar - bularning barçasi Rossiyani Markaziy Osiyodan kelgan mehnat muhojirlari köz öngida jozibador davlatga aylantirgan.
Jahon banki prognozlariga köra, joriy yilda Rossiyadan pul ötkazmalari keskin qisqaradi: Qozoğistonga 17 foizga, Özbekistonga 21 foizga, Tojikistonga 22 foizga va Qirğizistonga 33 foizga.
Bu körsatkiçlar ortida köplab oilalarning qaşşoqlaşişi tahdidi turibdi. Öz yaqinlariga pul ötkazmalari yuborgan migrantlarning aksariyati odatda kam ta’minlangan oilalar, köpinça qişloq joylardan kelganlardir. Masalan, Qirğizistonda 2019 yilda pul ötkazmalari hisobiga qaşşoqlik darajasi 31,2 foizdan 20,1 foizga kamaydi. Bugungi kunda Jahon banki Qirğiziston uçun qaşşoqlik darajasi 38 foizgaça oşişini başorat qilmoqda.













