Andijon viloyati, Böston tumani “Xalqobod” MFYdagi xonadonlar supurgi yetiştiriş bilan şuğullanişadi. Mahallada 661 ta xonadon bölib, deyarli barça xonadonning daromadi şu hunardan.

Buğdoydan böşagan yerlarga supurgi uruği soçiladi. Tört oyda hosil yiğiştirilib olinadi va tayyor holatga keltiriş uçun işlov beriladi. Bu dehqonçilikning yaxşi tomonlari köp.

Masalan, yiğiştirib olingan supurgining narxi dehqonni qoniqtirmasa, 2-3 yil davomida saqlab qöyişi va keyinçalik sotuvga çiqarişi mumkin.

Barça hunarlar kabi bu hunarning ham öziga yaraşa maşaqqatlari bor. Ammo daromadi yaxşi. Sababi supurgidan uruğ va çorva ozuqasi ham olinadi.

“Kasbim öqituvçi. Qöşimça daromad sifatida supurgi yetiştiriş bilan şuğullanamiz. Har yili fermerlardan, klasterlardan buğdoydan böşagan yerlardan şartnoma asosida yer olamiz va kuzgi dehqonçilikni qilamiz. Bitta supurgi emas, buning bargi çiqadi xöjalik mollarga öt böladi. Doni böladi, qöy boqamiz, yem böladi” – deydi Zuhriddin Abdujabborov.

Tört oy davomida qilingan mehnat samarasi – bir gektar yerdan 10-12 million söm daromad qiliş mumkin. 1 gektar yerdan 2 mingdan 2,5 ming donagaça supurgi yetiştiriladi.

Ayni kunlarda supurgilarning donasi 13 mingdan ulgurji narxlarda sotilmoqda. Supurgilarni qöşni viloyatlardan ham kelib olib ketişadi. Mahalla yoşlari esa şu kasb orqasidan mavsumiy iş bilan ta’minlangan.

Abduvali Qurbonov, Kun.uz muxbiri

Tasvirçi va montaj ustasi – Azizbek Ismoilov.