25 may kuni minglab öquvçilar maktabni bitirdi, yaxşi tilaklar bilan ularni katta hayotga kuzatdik. Bir qismini binolari yangilangan, ajoyib axborot-resurs markazlari bor oliygohlar kutib turibdi. Biroq... Afsuski, ularni dunyo darajasidagi sifatli kitoblar kutib turgani yöq.
100 mingga yaqin talabalarimizni öşa-öşa, ma’nan eskirgan kitoblar kutib turibdi. Bu ahvolda rivojlaniş bölmaydi.
Uçinçi renessans dedik... Milliy ğoya sifatida uşbu taşabbusni qöllab-quvvatlayman, ammo bu iborani uriniş-harakatlarsiz işlatiş uning me’daga tegişi va alal-oqibat xonavayron bölişiga olib keladi. Samara sözda emas, amalda. Rivojlaniş esa ilmsiz bölmaydi, ilm esa zamon talabiga javob beradigan kitoblarda.
Ajdodlarimiz internet tugul, bosmahonalar ham yöq bölgan davrda kitoblarni tarjima qilişni qoyillatişgan. Bu borada “Xalq sözi” gazetasida yaqinda çiqqan bir maqolada öqib qoldim:
“Baytul hikmada 40 dan ortiq tarjimonlar qadimgi yunon tilidan, 14 nafar tarjimon sanskrit tilidan, 4 nafar tarjimon Xitoy tilidan ilmiy, tibbiy va falsafiy asarlarni arabçaga ögirgan. Bundan taşqari, lotin, suryoniy, ibroniy tillardan tarjimonlar bölgan. Ilmiy haqiqat diniy mansublikdan ustun qöyilgan. Bu asar majusiylarniki, bunisi kofirlarniki deb inkor qilinmagan. Ajdodlarimiz til örganib, ilm ortidan dunyoni kezgan. Mahdudlik qobiğiga öralib qolmagan, turğunlik, mahalliyçilik ularga yot bölgan”.
Demak, Islom Renessansining asosida inson zoti uçun foydali ilmlarning keng qabul qilinişi va asarlarning ommaviy ravişda tarjimasi yotgan ekan. Ajdodlarimiz qiyinçiliklarga qaramay 50 dan ortiq tarjimonlarni bir joyga yiğib, ularni jahonning eng muhim asarlarini tarjima qiliş işiga yönaltirgan ekanlar. Keyinçalik uşbu asarlar Ğarbga qayta eksport qilinib, Oksford va Kembrij kabi universitetlarda darslik sifatida öqitilgan. Ular uşbu asarlarni örganib, ular asosida özlarining yangi asarlarini yozişgan va yozişmoqda – ilmni rivojlantirişgan.
Bizdaçi, 21 asr kelib, resurs va imkoniyatimiz borligiga qaramay:
haligaça millatimiz farzandlari uçun Ğarb va Şarqning eng muhim ilmiy darsliklari ona tilimizda taqdim etilgani yöq, 100ga yaqin davlat universiteti, önlab tadqiqot institutlari mavjudligiga qaramay, oliy va örta ta’lim bosqiçidagi 800 mingdan ziyod talabalar uçun eng kerakli darslik va qöllanmalar tizimli ravişda tarjima qilinmayapti.
Mavzuga oid
Natijada Özbekistonda oliy ta’lim olayotgan yoşlar ma’nan eskirgan kitoblarni öqişyapti, eski qobiqqa öralib qolişyapti.
Buning açinarli natijasini tan olaylik.
Bir misol – ilm dargohlarimizda rus tilida ta’lim oladigan va özbek tilida ta’lim oladigan yoşlar örtasida farq katta!
Rus tili guruhlarida talabalarning fikrlaşlari teran, jonli, özlari taşabbuskor, milliy guruhlardagilar esa tor qobiqqa öralgan, jonsiz, yuragida çöği yöq. Vaholanki ular universitet ta’limini deyarli teng ilmiy darajada boşlaşadi (aslida milliy guruhlar kiriş ballari yuqoriligi uçun kuçliroq bölişadi).
Sababi oddiy: rus tili guruhidagilar Rossiya va Qozoğiston kabi qöşni davlatlarda çop etilgan, nisbatan sifatli darsliklar va rus tilidagi boy internet ma’lumotlariga milliy guruhlardan köra oçiq bölişadi, ularni köp öqişadi. Ya’ni milliy guruhlardagi talabalar (asosiy kontingent) öqiydigan kitoblardan köra köp va öta boy manbalardan foydalangani sababli rus tili guruhlaridagi talabalarning darajasi ham tabiiy ravişda yuqori böladi, davlat tilida ta’lim olayotgan universitet talabalari qöşimça manbalar bilan işlaşda juda qiynalişadi.
Men uçun şaxsan bu alamli holat… Mas’ullar bunga hamon beparvo.
Dunyo tajribasi qanday?
Taniqli hamyurtimiz, matematik olim Erkinjon Karimov, özinig “Marifat” gazetasida çiqqan maqolasida quyidagilarni aytgan:
“2013 yilda Xitoyda ilmiy safarda böldim. Universitet talabalarining qölida xitoy tilida yozilgan, dunyo böyiça tan olingan darslik, monografiyalarni körib dastlab hayron böldim. Şunça kitobni (aksariyati 600–700 betli) tarjima qilib çiqişga qança resurs sarflanganini tasavvur qildim. Bunday tarjimalar natijasida xitoy tili ham ilmiy terminlarga boyigani şubhasiz. Asosiysi, çet tillarini yaxşi özlaştirmagan talabalarda ham sifatli kontent bilan öz tilida tanişiş imkoniyati borligidir”.
Yeçim nimada?
Umumiy yeçim – “dunyodan örganiş” rejimiga ötişimiz lozim. Özbekiston ta’lim tizimi yetti uxlab tuşiga kirmagan boy ilmiy kontent tarjimasini kutib yotibdi. Biz çet eldan töxtovsiz içkariga bilim taşişimiz darkor.
Qilinişi kerak bölgan harakatlar:
1) Ilmiy adabiyotlar tarjimasi milliy dasturini joriy etiş kerak. Unga har bir sohadan 2 nafardan jami 100 nafar mutaxassisni işga yollab, 3-5-8 yillik dasturlar doirasida kamida 1000 ta kitob tarjimasi loyihasini amalga oşiriş kerak. Ayniqsa, tibbiyot, geologiya, fizika, biologiya, ximiya kabi aniq fan sohalariga alohida e’tibor beriş kerak.
2) Hozirgaça bölgan tajribamdan şuni aytişim mumkinki, yaxşi bir kitobning xorij naşriyotidan intellektual mulk huquqini sotib olib, bir neça ming nusxada çop etişga köpi bilan 10 000 AQŞ dollari ketadi. Aniq fanlarga doir kitoblar uçun köproq mablağ talab etilişi ham mumkin. Demak, 10-20 million AQŞ dollari evaziga bunday loyihani amalga oşirsa böladi.
3) Hozirda fan tili – ingliz tili, şu sababli ilmiy maqolalar, monografiyalar, darslik va öquv qöllanmalarining aksariyati ingliz tilidadir. Şuningdek, fransuz, nemis va rus tillarida ham ilmiy kontent köp. Soha mutaxassislari va çet eldagi olim vatandoşlar bilan hamkorlikda 1-2 oy içida kerakli kitoblar röyxatini osonlik bilan şakllantiriş mumkin. Keyin esa tarjimaga yeng şimariş lozim.
4) Inglizça – Özbekça, Nemisça -Özbekça, Yaponça – Özbekça, Fransuzça – Özbekça katta luğatlarni eng yangi va keng qamrovli körinişda tuzib çiqiş lozim. Hozir bunday luğatlar deyarli yöq. Bunga uzoği bilan bir-ikki yil sarflaş kerak. Hamda tez va sifatli işlaş kerak.
Agar iş tizimli taşkil qilinsa, 8 yil içida 1000 kitobni bemalol ona tilimizda öqişga muyassar bölamiz. Bu ilm-fan rivojini keskin kuçaytirib yuborişiga aminman.
Yeçim bölmaydigan yeçimlar
Quyidagi uslubni qöllagandan qöllamagan afzal:
Tegişli vazirliklar universitetlarga bir tomonlama buyruq berişadi, “kitob tarjima qilinglar” deb, bu uslub işlamagan va işlamaydi ham. Sababi oddiy: işi şundoq ham köp professor-öqituvçilarning bunday işlarga toqati ham, imkoni ham va ba’zan qobiliyati ham yöq. Universitet rektorlarida heç qanday moddiy va logistik imkoniyat yöq bunga.
Alohida dastur kerak.
Dastur doirasida tarjimaga jalb qilinadigan professor-öqituvçilarga kerakli ta’til va taqdirlaşlar joriy qilinmoği kerak. Har bir kitob uçun mas’ul tarjimon-professorga 6-8 oylik ta’tillar beriş lozim.
Qayta ta’kidlayman – barçasini universitetlar va kafedralarga taşlab qöyiş – katta mas’uliyatsizlik.
Oliy ta’lim vazirligi, Innovatsiyalar va boşqa tegişli vazirliklar bu borada dunyodagi maşhur naşriyotlar bilan umumiy katta şartnomalar tuzib, litsenziyalarni oliş va kerakli sonda yurtimizda naşr etilib çiqarilişi böyiça barça işlarni taşkillaştirişi lozim.
Söngsöz örnida
Bir paytlar yurtimizda sodir etilgan Renessans nimaga tayanganini bildik. Uni takrorlamoqçi bölsak, xususan öşa – bir paytlar qilingan iş – kitoblar tarjimasidan boşlaşimiz kerak.
Bu – umummilliy vazifa.
Oliy ta’lim vaziri roppa-rosa bir yil oldin aniq fan sohalari böyiça kitoblarni tarjima qiliş masalasini kötarib çiqqandi. Ammo undan keyin aniq bir harakat, loyiha işlab çiqilmadi. Umid qilamanki, berilgan va’da bir katta loyihaga aylanadi. Aks holda sifatsiz kadr çiqarişda davom etamiz.
Alişer Umirdinov,
Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti professori,
huquq fanlari doktori