Rossiya xalqaro taşkilotlarga a’zolikni töxtatib qöygani yoki öziga nisbatan ma’lum bir munosabat tufayli noroziligi sababli ularni tark etmasligi kerak. Bunday fikrni Rossiya Hisob palatasi raisi Aleksey Kudrin bildirdi. U 17 iyun, juma kuni 25-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida nutq sözladi.
Kudrinning sözlariga köra, Moskva bunday taşkilotlar, şuningdek, konvensiyalar «ham özaro savdoni, ham fuqarolar almaşinuvini, transportni va boşqa masalalarni» tartibga solişini hisobga olişi kerak. Bu formatlar Rossiya uçun jahon bozori şaroitida işlay olişi uçun zarur, deya qöşimça qildi ekspert.
«Şunday qilib, bir kun kelib biz maşinamizda çegaraga borganimizda, u yerda avtomobil boşqa mamlakatlarning ekologik talablariga javob bermasligi borasida e’tirozlar kelib çiqmasa böldi... Bizni taşqariga çiqarişmaydi, heç bölmaganda şu yerda özgartirişimiz kerak», – dedi u majoziy ohangda.
11 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin inson huquqlari böyiça Yevropa sudining 2022 yil 15 martdan keyin çiqarilgan hukmlarini ijro etmaslik töğrisidagi qonunni imzoladi.
Hisob palatasi rahbari, şuningdek, Rossiya hukumatiga kelgusi uç yil uçun yangi iqtisodiyotning örta muddatli strategiyasini şakllantirişga yana ikki-uç oy kerak bölişini qöşimça qildi.
Aleksey Kudrin inqirozga qarşi tezkor çora-tadbirlarni «juda adekvat» deb baholadi - «bizda xohlagança resurslar mavjud emas, biznesning esa sörovlari köp»ligini hisobga olgan holda.
«Biz hali ham texnologiyalar işlab çiqaryapmiz, lekin butun dunyo liniyasini işlab çiqara olmaymiz», dedi Kudrin va 2022 yilda Rossiya importi «30 foizga» qisqarişini, ammo «nolga teng bölmasligi»ni qöşimça qildi.
Şu bilan birga, ekspert Rossiya bozorini tark etgan xorijiy kompaniyalarni davlat korporatsiyalari emas, balki xususiy tadbirkorlar sotib olişi zarurligiga işonçi komil. Misol tariqasida, mutaxassis «Makdonalds» restoranlarini sotib oliş böyiça kelişuvni keltirdi, deb ta’kidlaydi RBK agentligi. Kuzbasslik tadbirkor Aleksandr Govor ularning yangi egasiga aylandi. U avvalroq Amerikaning McDonald’s Corporation kompaniyasi unga Rossiyadagi biznesini «ramziy pulga»ga sotganini aytgan edi.
12 iyun, yakşanba kuni Moskva va Moskva oblastida «Vkusno – i toçka» yangi brendi ostida 15 ta restoran oçildi. 13 iyunda yana 50 ta, iyun oxiriga borib esa 200 ga yaqin filiallar oçilişi kerak, dedi tarmoq boş direktori Oleg Paroyev. Uning ta’kidlaşiça, yaqin 5-6 yil içida tarmoq 850 ta filialdan mingtagaça kengayişi mumkin.













