Toğli uzoq tumanga töyga aytişdi. Nahor oşida keldi-ketdini kuzatib, bemalol ötirdik. Töy oxirlayotganda davraga yoşi qirqarga borgan, soçlari oqarib ketgan bir kişi kirib keldi. Töy sohiblari negadir unga iltifot körsatişmadi. U böş stollardan biriga borib ötirdi va oldiga qöyilgan oşni indamay yeb, davradan çiqib ketdi. Yigitga heç iltifot körsatmagani meni hayron qoldirdi.

Taajjubimni körib, yonimizda ötirgan mezbonlardan biri gap oçdi:

 — Hayron qolyapsizmi? U şunga loyiq.

Mezbonning aytişiça, bir paytlar yigit giyohvand moddalarga mukkasidan ketgan. Oqibatda otasini öldirib, uzoq yil «ötirib» kelgan. Qamoqdan çiqib kelgandan buyon qişloq ahli uni yoqtirmas, ma’rakalariga çaqirmas, yigitning özi bir çetdan kelib qatnaşib ketarkan.

Töy tugagaç, mezbonlardan yigitning manzilini sörasam, ular ajablanişdi. Yigit bilan suhbatlaşmoqçi ekanimni aytgandim, istar-istamas manzilni berişdi. Ma’lum bölişiça, u qamoqdan çiqib kelgaç, qişloq çetidagi taşlandiq hovlida yaşayotgan ekan.

Hovlini topib borganimda tomi loysuvoq, devorlari somonsuvoq holda qolib ketgan uy qarşisidan çiqdim. Çaqirganimda heç kim javob bermagaç darçani oçib içkariga kirdim.

Hovliga ança tartib berilgan, bir tomonda turli ekinlar, yana bir tomonda söritokka kötarilgan uzum bor edi. Birozdan söng yigit çiqib keldi va meni körib hayron böldi.

Yigitni gapirtiriş oson bölmadi. Ammo kimlardir özi uçun töğri xulosa çiqarişi va giyohvandlik balosining domiga ilinmasligi uning uçun boşidan ötkazganlari haqida yozişim kerakligini tuşuntirganimdan söng u gap boşladi:

«Oilada ikki öğil edik. Öquvçiligimda töpolonçiroq bola edim. 7–8-sinflarga ötganda sigaret çekişni boşladim. Otam unça qattiqqöl emasdi, şunday bölsa-da,  çekişimni undan yaşirib yurganman. Akam sezib qolib meni çekişdan qaytarmoqçi böldi, ammo undan bir neça marta kaltak yesam ham çekişni taşlamadim.

Otamning bozorda kiyim-keçak bilan savdo qiluvçi dökoni bor edi. Akam bilan unga yordam berardik. Oilamizning daromadi yaxşi edi.

Maktabni bitirganimdan keyin otamning yordami bilan alohida dökon qildim. Oilamizda har kimning foydasi öziga degan yozilmagan qoida amal qilardi. Men özim işlab topgan puldan oila budjetiga bermasdim. Keyinçalik yomon yölga kirib ketişimga qisman şu holat sabab bölganmikan, deb öylab qolaman.

Bozorda savdo yaxşi edi. Çöntagimda doim dastalab pul bilan yurardim. Döstlar bilan çoyxonalarda yiğilişib qolganimizda xarajatning katta qismini saxiylik bilan kötarardim. Öşanda onam nimagadir pul söraganda «ana, otamdan oling, mening kassam alohida» deb javob bergan noqobil öğil, döstlar bilan yiğilganda pullarni ayamasdan işlatardim.