Milliy gvardiya 19 iyun kuni «Bunyodkor» stadionida 23 yoşgaça bölgan ösmirlar örtasidagi Osiyo kubogi-2022 musobaqasining final öyini bölib ötişi munosabati bilan futbol muxlislariga murojaat bilan çiqdi.
Milliy gvardiya stadionga keladigan muxlislarga özini tutiş madaniyatini yodda tutişni, hakamlarga, futbolçilarga, jumladan, raqib jamoaga, stadion texnik xodimlariga hurmat körsatiş zarurligini, tozalik va jamoat tartibini saqlaşni eslatib ötgan.
«Stadionga taqiqlangan narsalarni: qurol-yaroğ, tez yonuvçi moddalar va buyumlar, dori vositalari (retsept yoki uning nusxasi körsatilganda şifokor körsatmasi böyiça belgilangan miqdorda dori vositalaridan taşqari), oziq-ovqat va idişlarni; texnik jihozlar (mobil telefonlardan taşqari), himoya vositalari, xizmat asboblari va sport anjomlarini olib kelmang», deyiladi xabarda.
Bundan taşqari, işqibozlardan şubhali narsalar, şuningdek, jamoat tartibini buziş holatlari aniqlangan taqdirda, içki işlar organlari xodimlariga yoki Milliy gvardiya harbiy xizmatçilariga xabar beriş söralgan.
«Hurmatli muxlislar! Sizlarni madaniyatga çaqiramiz: öyinning borişidan, urilgan gollar yoki ötkazib yuborilgan gollar sonidan qat’i nazar, odobsiz sözlarni işlatmang va bundan taşqari tartibsizliklarga olib keladigan çaqiriqlar, öyinning boşqa iştirokçilariga nisbatan hurmatsizlik qilmang.
Jamoat tartibini buziş, toş va boşqa narsalarni otiş, haddan taşqari his-tuyğularni uşlab turolmaslik va bundan taşqari, hujum bilan nizo qözğatiş sportçilar uçun yordam emasligini yodda tuting. Qolaversa, muxlislarning xulq-atvori sportçilarimizga va umuman davlatga bölgan munosabatga bevosita ta’sir qiladi», deyiladi xabarda.
Şuningdek, bezorilik, jamoat joylarida uyatli sözlar bilan sökiniş, Içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga böysunmaslik tegişli tartibda javobgarlikka tortilişi haqida eslatib ötilgan.












