“Huquqiy axborot” kanalining yozişiça, röyxatdan ötkaziş 20 iyundan 20 iyulgaça (20 iyul kuni ham) davom etadi.
Çet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon ötkaziladigan bakalavriat ta’lim yönalişlariga onlayn röyxatga oliş esa 10 iyulgaça (10 iyul kuni ham) amalga oşiriladi.
Röyxatga oliş DTMning rasmiy veb-sayti – my.dtm.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali onlayn amalga oşiriladi.
Abituriyentlar fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil bölgan 5 tagaça bakalavriat ta’lim yönalişi böyiça tanlovda iştirok etişi mumkin.
Ta’lim yönalişlarini esa 2022/2023 öquv yili uçun qabul parametrlarining ta’lim tillari böyiça taqsimoti tasdiqlanganidan söng tanlaş mumkin böladi.












