Prezident yangi bir normani Konstitutsiyaga kiritiş taklifini bildirdi.
Ya’ni, ma’muriy, fuqarolik, iqtisodiy, jinoiy javobgarlik va boşqa yönalişdagi işlarni körib çiqişda insonga nisbatan qöllaniladigan huquqiy ta’sir çoralari – qonuniy maqsadga erişiş uçun yetarli bölişi hamda şaxsga imkon qadar yengillik yaratilişi.
“Bilasizlarmi, meni köp yillardan buyon qiynab kelgan yana bir masala bor edi, u ham bölsa “propiska”, degan muammo.
Odamlarimizni, ularning huquqlarini kamsitadigan bunday holatni bartaraf etiş uçun biz yöllardagi nazorat postlarini, “propiska”, degan narsani yöq qildik.
Kelgusida bunday tösiqlarni tizimli hal etiş uçun har bir Özbekiston fuqarosi mamlakat böylab erkin harakatlaniş, turar yoki yaşaş joyini erkin tanlaş huquqiga ega bölişi şart. Har bir fuqaroga mamlakatdan tösiqlarsiz çiqiş va qaytiş huquqi kafolatlanişi lozim.
Şuningdek, şaxsiy hayot daxlsizligi va uning kafolatlari aynan Konstitutsiya darajasida mustahkamlanişi kerak", dedi davlat rahbari.













