Şavkat Mirziyoyev asosiy qonunda “Özbekiston – ijtimoiy davlat” degan ğoyani mustahkamlaşni taklif etdi. 

“Çunki “inson qadri” tuşunçasi “ijtimoiy davlat” tuşunçasi bilan çambarças boğliq. Ijtimoiy davlat – ijtimoiy tafovutlarni kamaytiriş, muhtojlarga yordam beriş böyiça samarali siyosat olib boradigan davlat modelidir. 

Ijtimoiy davlat muhtojlarga uy-joy, yaşaş uçun zarur bölgan iste’mol tovarlarining eng kam miqdori belgilab qöyilişini nazarda tutadi. U şaxs va uning oilasi munosib hayot keçirişi uçun yetadigan iş haqi, kambağallikni qisqartiriş, bandlikni ta’minlaş, xavfsiz mehnat şaroitini yaratişni talab qiladi. 

Şu bilan birga, işsizlikdan himoyalaniş, kafolatlangan sifatli ta’lim, malakali tibbiy yordam, barça uçun teng imkoniyatlar, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bor şaxslarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş ham ijtimoiy davlatning asosiy vazifasidir", dedi davlat rahbari.

Qayd etilişiça, şular qatorida yaşaş uçun zarur resurslar – içimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi, transport va boşqa qulayliklar bilan ta’minlaniş, majburiy mehnatga taqiq qöyiş ham ijtimoiy davlatda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Bir söz bilan aytganda, ijtimoiy davlatda heç kim e’tibordan çetda qolmaydi, öz muammolari bilan yolğiz taşlab qöyilmaydi. Ijtimoiy davlatda inson qadri deganda, avvalo, fuqaroni yaşaş uçun zarur uy-joy bilan ta’minlaşni tuşunamiz. Bizning xalqimiz uçun uy-joy – bu Vatan içra kiçik vatandir. 

Insonning dunyoga kelişi, şaxs sifatida kamol topişi, farzandlarni voyaga yetkaziş, milliy urf-odat va tarixiy an’analarni davom ettiriş, töylar qiliş aynan uy-joyda amalga oşiriladi. Farzand tuğilsa, yaxşi niyatlar bilan odamlarimiz hovlisiga köçatlar ekib, şu uy, şu boğ köp yillar avlodlarimga xizmat qilsin, deb ezgu niyatlar qiladi.

Şu bois uy-joyli böliş, uning daxlsizligini ta’minlaş har bir inson hayotida qançalik muhim ekanini barçamiz yaxşi bilamiz", dedi prezident.