21 may kunidan Uzbekistan Airways kompaniyasi Gruziyaning Batumi şahriga töğridan töğri reyslarni boşladi. Hozirda Toşkent-Batumi-Toşkent yönalişida haftaning çorşanba va şanba kunlari samolyotlar qatnamoqda.

Uşbu şaharda 15 iyun kuni turizm mavsumi oçildi, şu kuni Uzbekistan Airways va Gruziya tomoni hamkorligida özbekistonlik jurnalistlar va blogerlar iştirokida mediatur taşkil etildi. Şu sanadan koronavirus bilan boğliq barça çeklovlar bekor qilindi - endi aeroportda PsRning manfiy natijasi yoki emlanganlik haqidagi sertifikatni körsatiş talab etilmaydi.

Kun.uz vakili ham 18 iyunga qadar davom etgan uşbu sayohatda iştirok etdi, quyida uşbu turdan reportaj taqdim etiladi.

Ajariya

Ajariya — Gruziyaning eng ajoyib burçaklaridan biri. Bu yerga taşrif buyurgan inson bu yerda turizm tez sur’atlarda rivoj topayotganiga amin böladi. Buning sabablari köp. Ajariya tabiati boyligi va turli-tumanligi bilan maftun qiladi: Qora dengiz sohili va purviqor toğlar, mehmondöstlik, madaniy obidalar, qal’alar, qadimiy köpriklar, çiroyli köllar va qişloqlar. Bu yerda özingiz uçun qadimiy an’analarga amal qilib keluvçi tamaddixonalarni kaşf etişingiz, ekoturizm va haqiqiy gruzinça mehmondorçilikni his qilişingiz mumkin. 

Batumi - Ajariyaning asosiy markazi, Gruziyaning Tbilisidan keyingi ikkinçi yirik şahridir. Ikki ming yillik tarixga ega uşbu şahar arxitekturasi rang-barang, iqlimi subtropik va Şarqiy Yevropa mintaqasida asosiy sayyohlik yönalişlaridan sanaladi.

Dunyoning köplab mamlakatlari, jumladan Özbekiston aholisi ham Gruziyaga vizasiz kirişi mumkin. Bugungi kunda Gruziya dunyoning eng xavfsiz mamlakatlaridan biriga aylangan. Batumiga özbekistonliklar Tbilisidan avtomobil, avtobus yoki poyezd orqali yetib olişi mumkin edi, endi esa töğridan töğri Toşkentdan samolyotda ham uçiş mumkin.

Gruziya milliy valutasi - gruzin larisi hisoblanadi. 10 lari 3 dollarga baholanadi. Şaharda barça joyda (restoranlar, kafelar, marketlar, şopping-markazlar) bank kartalari bilan xarid qiliş mumkin. Ammo şahar taşqarisiga çiqqanda hamyonda naqd pul ham bölişi kerak.

Boşpana