“Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi amaldagi qomusning 83-moddasiga asosan Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan qonunçilik taşabbusi huquqi asosida quyi palataga kiritildi. Bu haqda Konstitutsiyaviy komissiya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Loyihada amaldagi Konstitutsiyaning barça bölimlaridagi 66 ta moddaga 170 dan ortiq tuzatişlar közda tutilmoqda.

Qonun loyihasiga quyi palataning Demokratik institutlar, nodavlat taşkilotlar va fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari qömitasi hamda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitalari mas’ul etib belgilangan.

Loyiha, şuningdek, parlamentdagi partiyalarning siyosiy fraksiyalariga ham tarqatilgan. Hozirça jamoatçilikka oçiqlangani yöq.

Bugun, 22 iyul kuni bölib ötgan mas’ul qömitalarning qöşma yiğilişida Konstitutsiyaviy qonun loyihasini körib çiqiş uçun qabul qilingan. Quyi palata kengaşi ham şu mazmundagi qarorni qabul qilgan.

Endilikda manfaatdor vazirlik va idoralar, ekspertlar xulosalari asosida dastlabki xulosalar olinadi va yalpi majlisda birinçi marotaba körib çiqiş uçun qabul qilinadi.

Ma’lum qilinişiça, yalpi majlisda konseptual ravişda körib çiqilgan qonun loyihasini xalq muhokamasiga çiqariş böyiça takliflar tayyorlanmoqda.

Avvalroq prezident mazkur özgarişlarni referendum ötkaziş orqali qabul qilişni taklif etgandi.