Keça, 21 iyun kuni Şveytsariyaning Jyeneva şahrida Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişi böyiça işçi guruhning 5-yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda sözga çiqqan JST bilan işlaş böyiça idoralararo komissiya raisi – boş vazir örinbosari Sardor Umrzoqov JSTga a’zo böliş Özbekiston uçun ustuvor maqsad ekanini ta’kidladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
Özbekiston delegatsiyasi rahbari Özbekistonning JSTga a’zo bölişi jarayonini faol ilgari suriş va yaqin kelajakda taşkilotga a’zo barça manfaatdor davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlaş böyiça qarori qat’iy ekanini tasdiqladi, deyiladi rasmiy xabarda.

Işçi guruh yiğilişda Özbekiston taşqi savdo rejimi böyiça taqdim etilgan hujjatlar, jumladan, Faktologik xulosa, JSTga a’zo-davlatlar savollariga javoblar, iqtisodiy siyosat böyiça ma’lumot, davlat aktivlarini xususiylaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar, bojxona-tarif siyosati, qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş va sanoat subsidiyalari masalalarini muhokama qildi.
Özbekiston delegatsiyasi Jyenevada AQŞ, Yevropa ittifoqi, Kanada, Braziliya, Şveytsariya, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Möğuliston va boşqa JSTga a’zo yirik davlatlar – Özbekistonning taşkilotga a’zo böliş böyiça işçi guruhi a’zolari bilan tovar va xizmatlar bozoriga çiqiş yuzasidan qator ikki tomonlama muzokaralar ötkazmoqda.

Eslatib ötamiz, Özbekiston JSTga a’zo böliş uçun 1994 yilda ariza bergan. Hozirda dunyoning 164ta davlati, şu jumladan Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston ham JST a’zosi sanaladi.
Ötgan yili Sardor Umrzoqov jurnalistlar bilan suhbatda Özbekistonning JSTga a’zo bölişi “5 yil emas, undan ança tezroq” vaqt içida hal bölişini aytgandi.
Dunyoda allaqaçon post-JST erasi. Iqtisodiy diplomatiyamiz faollaşişi zarur












