13:41 / 23.06.2022
16057

Toshkentda daraxtlarni sun’iy ravishda quritishga urinish holati aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Mirobod tumanidagi Katta Mirobod mahallasi hududida daraxtlarga ziyon yetkazilayotgani haqida xabar tarqaldi. Xabarda daraxtlar ostiga har kuni ertalab va kechqurun dizel yoqilg‘isi quyilayotgani aytiladi.

Foto: Tashkent_Land

“Daraxtlar vahshiylarcha o‘ldirilmoqda" nomi ostidagi murojaat yuzasidan tezkorlik bilan ishchi guruhi tuzilib, qayd etilgan manzilda atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi.

Ekologiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida mavjud daraxtlarni sun’iy ravishda quritishga urinish o‘z tasdig‘ini topgan.

Foto:  Ekologiya qo‘mitasi

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda dastlabki surishtiruv ishlari boshlab yuborildi.

Holat yuzasidan batafsil ma’lumot berilishi ma’lum qilingan.

Top