2022/2023 öquv yilidan boşlab pedagog kadrlar tayyorlovçi OTM kunduzgi ta’lim şaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqiç talabalari uçun haftalik öquv maşğulotlari "4+2" tartibida, şu jumladan darslar 4 kuni OTMda, 2 kuni maktabgaça va umumiy örta ta’lim muassasalarida amaliyot ötaş tartibida olib borilişi ta’minlanadi.

Har yili pedagog kadrlar tayyorlovçi OTM ixtisoslik kafedralari kamida 5 foiz professor-öqituvçilarini uşbu muassasalar budjetdan taşqari jamğarmalari hisobidan xorijiy davlatlarga tanlov asosida malaka oşiriş va stajirovkaga yuboriş çoralari köriladi.

2023/2024 öquv yili qabulidan boşlab pedagogik kadrlar tayyorlovçi OTMlar qarorga ilovada körsatilgan ta’lim yönalişlari böyiça sirtqi ta’lim şakliga qabul amalga oşirilmaydi. Ilovada körsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yönalişlariga sirtqi ta’lim şakli böyiça öqişga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida beş yillik iş stajiga ega bölgan şaxslar qabul qilinadi.