Xitoy tomonining raisligida onlayn şaklda ötkaziladigan tadbirda BRIKS guruhi mamlakatlari – Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi davlat va hukumat rahbarlari, şuningdek, Argentina, Indoneziya, Jazoir, Malayziya, Misr, Eron, Qozoğiston rahbarlari ham iştirok etadi. Jami 18 ta mamlakat delegatsiyalari qatnaşişi kutilmoqda.

Forum kun tartibidan 2030 yilga qadar Barqaror rivojlaniş kun tartibini amalga oşiriş borasidagi global şeriklikni mustahkamlaş masalalari örin olgan. “Yaşil” iqtisodiyot, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, raqamlaştiriş, transport va logistika, gumanitar almaşinuv sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirişga alohida e’tibor qaratiladi.

Özbekiston prezidenti öz nutqida Barqaror rivojlaniş maqsadlariga birgalikda erişişda keng xalqaro hamkorlikning ustuvor yönalişlarini körsatib ötadi.

Yangi “BRIKS plyus” formati BRIKS guruhiga a’zo davlatlar boşqa yetakçi rivojlanayotgan mamlakatlar bilan özaro manfaatli va köp qirrali hamkorligini yölga qöyiş maqsadida taşkil etilgan.

Forum özaro savdo va investitsiyalarni ilgari suriş, ilğor texnologiyalar va bilimlarni transfer qiliş, kooperatsiya aloqalarini va transport-kommunikatsiya boğliqligini rivojlantiriş, xavfsizlik sohasida konstruktiv muloqotni mustahkamlaşda katta örin tutadi.

BRIKS mamlakatlarida 3 milliarddan ziyod aholi istiqomat qiladi, ularning hissasiga jahon yalpi içki mahsulotining 25 foizga yaqini, global savdoning qariyb 20 foizi va töğridan töğri investitsiyalar 25 foizi töğri keladi.