Qayd etilişiça, joriy yil 22 iyun kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanidan ötuvçi özbek-qirğiz davlat çegarasi hududida xizmat ötayotgan DXX Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari katta miqdordagi xorijiy valutani mamlakatdan noqonuniy olib çiqib ketilişiga çek qöydi.
Xususan, Paxtaobod tumanida yaşovçi fuqaro A.D. ikkita polietilen qopda bölgan 1 mln AQŞ dollarini Qirğizistonga noqonuniy ötkazmoqçi bölgan vaqtida qölga olindi.

Hozirda mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
DXX e’lon qilgan xabarda aytilişiça, ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.












