Gretsiya viza markazi Rossiya fuqarolaridan viza oliş uçun hujjatlarni qabul qilişni töxtatdi, Gretsiyaning Moskva, Sankt-Peterburg va Novorossiyskdagi konsulliklari 27 iyun, duşanbadan boşlab arizalarni körib çiqmaydi. Bu haqda viza markazi rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda aytilgan. Markaz texnik sabablarni keltirgan, biroq viza berişni qayta tiklaş muddati körsatilmagan.
«Hurmatli arizaçi, texnik sabablarga köra Gretsiyaning Moskva, Sankt-Peterburg va Novorossiyskdagi boş konsulligi noma’lum muddatga viza uçun arizalarni körib çiqişni töxtatadi. 27 iyundan boşlab viza markazlarida qabulga yozilgan fuqarolar uçraşuvni keyingi vaqtga köçirişlari mumkin, buni ru-gr.gvcworld.eu saytida elektron tizimga joylar qöşilganidan keyin amalga oşiriş imkoni bor. Barça viza markazlari 24 iyungaça maslahat oliş, qayta işlaş va pasportlarni beriş uçun oçiq böladi», — deyiladi hujjatda.
Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi turoperator kompaniyalardan biriga tayanib, Gretsiya viza markazi tizimini yangilayotgani haqida xabar berdi. Assotsiatsiya ma’lumotlariga köra, viza markazi 24 iyun kuni rossiyaliklardan vizaga hujjatlarni qabul qiliş töxtatilişi haqida ogohlantirgan. Öşa paytda markazning özida heç qanday xabar e’lon qilinmagan.
Avvalroq, Rossiya TIVning Törtinçi Yevropa departamenti direktori Yuriy Pilipson Gretsiya endi Rossiya fuqarolari uçun dam oliş uçun xavfsiz emasligini, çunki vazirlik, uning sözlariga köra, «rossiyaliklarni kamsitiş, rus tilida sözlaşuvçi fuqarolarga töğridan töğri tajovuz holatlari töğrisida xabarlar olişda davom etayotgani»ni ma’lum qilgandi.
Bir neça kun oldin, Çexiya hukumati Rossiya va Belarus fuqarolariga vizalar va yaşaş uçun ruxsatnomalar berişni taqiqlaş haqidagi qarorni 2023 yil mart oyi oxirigaça uzaytirdi. Praga buni Rossiya va Belarusni tajovuzni töxtatişga majburlaş istagi bilan izohladi.
Çexiya hukumati birinçi marta Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan köp ötmay şunday taqiqni joriy qildi. Xuddi şunday qarorlar Latviya, Litva va Estoniya tomonidan ham qabul qilindi.
Avvalroq, uruş boşlanganidan keyin Rossiyadan töğridan töğri reyslar soni 62 foizga kamaygani, endi faqat 19 davlatga bevosita boriş mumkinligi xabar qilingandi. AQŞ, Kanada va Yevropaning Serbiyadan taşqari barça davlatlari Rossiya samolyotlarining öz havo hududiga kirişini taqiqladi.
Ğarbning köplab aviataşuvçilari Rossiyaga parvozlarni töxtatdi. Rossiyaga endi Turkiya, Serbiya yoki Fors körfazi mamlakatlari orqali qöniş bilan uçiş kerak.












