Mahalliy vaqt bilan tuşga yaqin Kiyevda yangi portlaşlar röy bergani töğrisida xabarlar kela boşladi - bu Belarus hududidan aviazarbalar yöllangani haqidagi xabarlar ortidan röy berdi.
Ertalabki zarbalar oqibatida poytaxtning Şevçenkovskiy rayonidagi köp qavatli bino şikastlangan. Şahar rasmiylariga köra, kamida bir kişi halok bölgan, yaralanganlar bor.
«Döstlar! Şevçenkovskiy rayonida bir neça portlaşlar sodir böldi. Tez yordam brigadalari va qutqaruvçilar voqea joyida», deya yozgan Telegram kanalida Kiyev meri Vitaliy Kliçko.
U jurnalistlar qarşisida yaradorlar köpligi, xarobalar ostida qolib ketganlarni olib çiqiş uçun bor imkoniyatlar işga solinişini aytgan.
Qutqaruvçilar xarobalar ostidan 7 yoşli qizçani qutqarişgan, u şifoxonaga yetkazilib, operatsiya qilingan. Şuningdek, keyinroq uning 36 yoşli onasi plita ostidan çiqarib olingan, mavjud ma’lumotlarga köra, u - Rossiya fuqarosi.
Bir kişi halok bölgan - taxminlarga köra, u qizaloqning otasi.
Yana beş kişi şifoxonaga yotqizilgan.
Kiyev meri Vitaliy Kliçko poytaxtning öqqa tutilişini Rossiyaning yakşanba kuni Germaniyada ötkazilayotgan «Katta yettilik» sammiti arafasida Ukraina hukumatini qörqitişga urinişi deb atagan.

Yevrokomissiyaning xalqaro masalalar böyiça hamraisi Karl Bildt unga qöşilgan: «Erta tongda Kiyevdagi köp qavatli uyga qilingan hujum - Elmauda «Katta yettilik» sammiti arafasida qasddan eskalatsiya va signaldan boşqa narsa emas. Buni boşqaça tuşuniş qiyin», deya yozgan u tvitterida.
Ukraina prezidenti ofisi xabariga köra, rossiyalik harbiylar yakşanba kuniga ötar keçasi va tongda infratuzilma obektlari, şuningdek Çernihiv, Xarkiv, Lugansk va Donetsk oblastlaridagi aholi yaşaş rayonlarini öqqa tutişda davom etgan.
Avvalroq şanba kuni Rossiya Roven oblasti Sarni şahridagi fuqarolik infratuzilmalariga raketa zarbalari yöllagani, buning oqibatida tört kişi halok bölgani xabar qilingandi.
















