Soğliqni saqlaş vazirligi kasallanişlar soni ortişda davom etayotgani, sönggi bir kunda Özbekistonda yangi kasallaniş holatlari yana 100 dan oşiq bölgani haqida xabar berdi.

«2022 yil 25 iyun holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 240345 (+139) nafarni taşkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallaniş holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasida,
  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 5 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 17 nafari Qaşqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 3 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 10 nafari Surxondaryo  viloyatida, 
  • 11 nafari Farğona viloyatida, 
  • 4 nafari Xorazm viloyatida,
  • 13 nafari Toşkent viloyatida,
  • 56 nafari Toşkent şahrida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Keça kun davomida

  • Qaşqadaryo viloyatida 3 nafar, 
  • Farğona viloyatida 1 nafar,
  • Toşkent viloyatida 6 nafar,
  • Toşkent şahrida 15 nafar bemor tuzalib, kasallikdan soğayganlar jami 237882 (+25) nafarga yetdi va soğayiş körsatkiçi 99 foizni taşkil etmoqda.

Özbekistonda iyun oyining ikkinçi yarmida koronavirusga çaliniş holatlari orta boşladi. 18 iyun kuni fevral oyidan buyon ilk bor kunlik holatlar soni 100 dan oşdi (+108). Keyingi beş kunlikda kunlik holatlar soni 100 dan kamroq böldi, ammo 25 iyun kuni yana 100 dan oşiq holat (+119) qayd etildi.

Şahar hokimi qarori bilan, Toşkent şahrida koronavirusni davolaşga ixtisoslaşgan maxsus poliklinikalar faoliyati qayta yölga qöyilmoqda.