Vladimir Putin va Aleksandr Lukaşenko Sankt-Peterburgda muzokara ötkazib, Belarusga yadro qurolini qöllaş imkoniyati mavjud bölgan «Iskander» raketa majmualarini yetkazib beriş masalasini, şuningdek buğdoy va öğit eksportini muhokama qilişdi.

Rossiya va Belarus prezidentlari Yevropaga kaliyli öğitlarni yetkazib beriş (ikki mamlakat ham eng yirik eksportyorlar hisoblanadi), Donbassdagi vaziyatni muhokama qilişgan. «Albatta, mintaqada, umuman, dunyoda xavfsizlikni ta’minlaş bilan boğliq muammolar bor. Bu yerda köplab savollar tuğiladi», deya qayd etgan Putin.

Lukaşenko Litvani Kaliningrad oblastiga mahsulotlar tranziti taqiqlab qöyilgani uçun qoralagan va Vilnyusning qadamini «amalda uruş e’lon qiliş» deb atagan.

Lukaşenko Minsk «Brestdan Vladivostokka qadar bölgan yurt»ni himoya qiliş uçun barça işga, hatto «jiddiy qurollar qöllaşga ham» tayyor turişi kerakligini aytgan.

Putin Belarusga ballistik va qanotli raketalar uçirişi mumkin bölgan «Iskander-M» raketa majmualari yetkazib berişni va’da qilgan.

«Biz kelişib olganimizdek, bu masala kun tartibida turgandi va qaror qabul qilingan. Biz yaqin oylarda Belarusga «Iskandar-M» raketa-taktik komplekslarini taqdim qilamiz, ulardan ham ballistik, ham qanotli raketalar uçirişda foydalaniş mumkin, ham oddiy qurol, ham yadro quroli taşuvçisiga aylantiriş imkoni mavjud», degan Rossiya prezidenti.

Sönggi yadro quroli Belarusdan Rossiyaga 1996 yilda olib ketilgandi.

Putin yana bir bor yadro quroli mavzusiga töxtalib, AQŞning Yevropadagi salohiyati haqida gapirdi. «Amerikaliklar Şimoliy Atlantika blokiga a’zo bölgan Yevropaning olti davlatida 200 ta taktik yadro quroliga ega bölib, ularni qöllaş uçun 257 ta samolyot tayyorlab qöyilgan», deya Putindan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti.

AQŞ va uning NATO böyiça ittifoqçilari Yevropadagi bazalarda joylaştirilgan yadro qurollari hajmini rasman oçiqlamaydi. Turli manbalarga köra, jumladan Vaşingtondagi «Qurollarni nazorat qiliş va tarqatmaslik böyiça markaz» notijoriy taşkilot ma’lumotiga köra, Yevropaning beş mamlakatida - Turkiya, Belgiya, Germaniya, Italiya va Niderlandiyada - 2021 yil holatiga AQŞning yuzga yaqin yadroviy kallaklari joylaştirilgan bölgan.

Buning ortidan Lukaşenko NATO samolyotlarining Belarus çegaralari yaqinida öquv parvozlari ötkazayotgani haqida gapirgan va Belarus aviatsiyasini javob qaytariş uçun «moslaştiriş»ni söragan. Putin Belarusda yetarliça köp miqdorda Su-25 samolyotlari borligini aytib, ularni Rossiyada modernizatsiya qilişni taklif etgan.