Stryuk ukrain televideniyesiga bergan izohida Rossiya kuçlari işğol etilgan şaharning yangi ma’muriyatini tayinlayotganini aytib ötgan.
«Şahar endi töliq Rossiya Federatsiyasi okkupatsiyasi ostida, ular u yerda öz tartibini örnatişga harakat qilmoqda, menga ma’lum bölişiça, qandaydir komendantni tayinlaşgan. Ularning nazdida buni qiliş muhim, boşqa tomondan şahar şunçalik yakson qilinganki, odamlar vaziyatni önglaşi juda qiyin», degan Stryuk.

«Hozirda Severodonetskdan faqat vaqtinça işğol qilingan hudud orqali çiqiş mumkin. Raşistlar şaharda öz tartibini örnatmoqda, «komendant» tayinlangan, «Azot» zavodidagi boşpanalardan çiqayotgan odamlar iştirokida propaganda syujyetlari tayyorlaşmoqda», deya öz telegram kanalida yozadi Gayday. Lugansk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari aytişiça, rossiyaliklar Severodonetsk markazida va atrofdagi hududlarda - Sirotino, Voronovo va Borovskoyeda mustahkam örnaşişgan.
Sönggi haftalar davomida Severodonetskdagi binolarning aksar qismi aviazarbalar va artilleriya zarbalari natijasida vayron qilingan. Uruşga qadar yuz ming kişi yaşagan şahar aholisining aksar qismi bu yerni tark etgan, sönggi kunlarda şaharda 7-8 ming kişi qolayotgandi. Tört oylik harbiy harakatlardan keyin Severodonetskdagi binolarning 90 foizi vayron qilingan yoki şikastlangan.
Rossiya tomoni bayonotiga köra, «Azot» zavodi ostidagi bunkerlarda yaşiringan 800 nafar atrofidagi tinç aholi vakili evakuatsiya qilingan.
Severodonetskning boy berilişi şuni anglatadiki, endilikda Rossiya qariyb butun Lugansk oblasti va Donetsk oblastining katta qismini nazoratiga olgan.
Şu kunlarda rossiyalik harbiylar Severodonetskka qöşni bölgan Lisiçansk şahri janubdan qamal qilinganini xabar qilgandi. Keyinroq Gorskoye munitsipaliteti rahbari Aleksey Babçenko juma kuni Lisiçansk janubidagi hududlar Rossiya tomonidan «töliq okkupatsiya qilingani»ni aytdi.
«Afsuski, bugun Gorskoye rayoni okkupatsiya qilindi. Şahar çetlarida lokal janglar bölib ötmoqda, ammo duşman şaharga kirgan», degandi Aleksey Babçenko.
Sergey Gayday esa rossiyaliklar Lisiçanskdan janubi-ğarbda, Baxmut-Lisiçansk trassasi böyida joylaşgan Nikolayevka posyolkasini egallaganini xabar qilgan.














