Özbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabariga köra, Özbekiston taekvondo terma jamoasi muvaffaqiyatli iştirok etdi va jami 4 ta oltin, 1 ta kumuş va 2 ta bronza medalini qölga kiritdi.  

Uluğbek Raşidov, Jasur Jaysunov, Nikita Rafaloviç va Şuhrat Saloyev barça raqiblarini mağlub etib, Osiyo çempioni degan nomga sazovor bölişdi va terma jamoa hisobiga 4 ta oltin medalni olib keldi.

Taekvondo WT assotsiatsiyasi ma’lumotiga qaraganda, bungaça mustaqil Özbekiston tarixida heç qaçon Osiyo çempionatida 4 ta oltin medal qölga kiritilmagan. 

Bildirilişiça, özbekistonlik erkak taekvondoçilar taekvondo vatani - Janubiy Koreyada mahalliy sportçilarni oltin medallar soni böyiça doğda qoldirdi 4:3.

Bundan taşqari, eronlik erkak taekvondoçilar Osiyo çempionatida özbekistonlik sportçilarga heç qanday qarşilik qila olmadi va bironta oltin medalni qölga kiritmadi.