Bloomberg agentligining 27 iyun, duşanba kuni xabar berişiça, 27 iyunga ötar keçasi Rossiya 1918 yildan buyon birinçi marta taşqi qarz böyiça defoltga uçradi, çunki davlat obligatsiyalari böyiça muddati ötgan qariyb 100 million dollarlik tölovlarni tölaş böyiça imtiyozli davr tugadi.

Defolt haqida heç qanday rasmiy e’lon bölmaydi. Bu odatda xalqaro reyting agentliklari tomonidan amalga oşiriladi, biroq ularning barçasi Rossiyadagi faoliyatini töxtatib qöygan, deb ta’kidlaydi Bloomberg. Şu bilan birga, obligatsiyalar egalari bunday e’lon qilişlari mumkin edi, ammo ular hali ham pullarining töliq yoki heç bölmaganda bir qismini qaytariş imkoniyatlari qanday ekanligini baholaşga harakat qilmoqdalar, deb yozadi agentlik. Kreditorlar tomonidan defolt e’lon qilinişi uçun obligatsiya egalarining törtdan bir qismi rozi bölişi kerak.

Bu bolşeviklar çor tuzumi qarzlaridan voz keçgan 1918 yildan beri Rossiyaning taşqi qarzi böyiça birinçi defoltidir, deb yozadi Bloomberg. 

Aprel oyida AQŞ Moliya vazirligi vaqtinçalik litsenziyani yangilamadi, u esa sanksiyalardan istisno qilib, Rossiya obligatsiyalari egalariga Rossiyadan tölovlarni oliş imkonini bergandi. Uşbu litsenziyaning amal qiliş muddati 25 mayda tugadi. 27 may oqşomida Rossiya yevroobligatsiyalari egalari deyarli 100 million dollarlik kupon tölovlarini olmagan, şundan söng uşbu tölovlar böyiça defolt e’lon qilingunça 30 kunlik ortga hisoblaş boşlandi. 

Sanksiyalar tufayli Britaniyaning Citibank’i Rossiya böyiça tölov agenti sifatida işlaşdan boş tortdi. Oxir-oqibat Moliya vazirligi uşbu funksiyalarni Milliy hisob-kitob depozitariysiga ötkazdi, hisob raqamiga mablağlarni kiritdi va barça majburiyatlarni bajarganligini e’lon qildi. Keyinçalik depozitariy Yevropa ittifoqi sanksiyalarining oltinçi paketiga kiritildi. Kreml bu qarorni Bryusselning Rossiyani «sun’iy defolt»ga undaşga urinişi deb atadi. 22 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning xorijiy valutadagi taşqi qarzi böyiça majburiyatlarni bajarişning vaqtinçalik tartibi töğrisidagi farmonni imzoladi, u bunday tölovlarni rublda amalga oşirişni nazarda tutadi. 

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov ötgan hafta Rossiya davlat taşqi qarziga xizmat körsatişga sun’iy tösiqlar yaratiş davlatga «defolt» belgisini ilib qöyiş uçun zarur ekanligini aytdi. «Lekin tuşunadigan odam bu defolt emasligini tuşunadi. Rostini aytsam, bu butun vaziyat farsga öxşaydi», dedi Siluanov. 

Loomis Sayles & Company LP’ning suveren davlatlar böyiça katta tahlilçisi Hasan Malik Bloomberg agentligiga bergan intervyusida: «Bu juda kam uçraydigan holat, ya’ni, boşqa hukumat mamlakatni tölaş uçun mablağlari bölsa-da, defolt e’lon qilişga majburlamoqda».