Kolumbiya janubi-ğarbidagi Tulua şahrida joylaşgan qamoqxonada yuz bergan tartibsizliklar oqibatida 49 nafar mahbus halok böldi. Bu haqda mamlakat qamoqxonalar agentligi rahbari Tito Kastelyanos ma’lum qildi. 

Kastelyanosning sözlariga köra, isyon kötargan mahbuslar matraslarni yoqib yuborgan. Natijada yonğin kelib çiqqan va 49 nafar mahbus yonğin qurboni bölgan. 

Uning ma’lumot berişiça, 30 kişi jarohatlangan. Qamoqxonada 1267 nafar mahbus bölib, yonğin sodir bölgan blokda 180 kişi bölgan. 

Kolumbiya prezidenti Ivan Duke Tuluadagi fojia böyiça tergov işlari olib borilişini aytdi.