Litva «ehtimol» Rossiyadan kelgan «kuçli» kiberhujumga uçradi. Bu haqda 27 iyun, duşanba kuni Milliy kiberxavfsizlik markazi direktori vazifasini bajaruvçi Yonas Skardinskas ma’lum qildi. Litva Mudofaa vazirligi hujum Litva davlat muassasalari va xususiy kompaniyalariga qaratilganligini ta’kidlab, eng jiddiy DDoS hujumlariga qarşi kuraş olib borilganini va xavfsiz Milliy ma’lumotlarni uzatiş tarmoği xizmatlari tiklanganini ta’kidladi.
Skardinskasning sözlariga köra, «yaqin kunlarda, ayniqsa, transport, energetika va moliya sohalarida bunday hujumlar davom etişi ehtimoldan xoli emas». Uning ta’kidlaşiça, kiberhujum Rossiyadan kelayotgan bölişi mumkin.
Avvalroq AQŞ, Polşa va Germaniyadagi davlat saytlariga kiberhujumlar ortida turgan kremlparast Killnet hakerlar guruhi Telegram’da Litva hukumatidan 48 soat içida «Kaliningradga tranzitni blokdan çiqarişni» talab qilgan videoni e’lon qilgandi, aks holda, hakerlar «mamlakatdagi 500 dan ortiq kompaniya oğir şaroitda qoladi», deb tahdid solgan.
Moskva avvalroq Vilnyus tomonidan Rossiyadan Kaliningrad oblastiga bir qator yuklarning temiryöl tranzitiga kiritilgan çeklovlarga qarşi norozilik bildirgan edi.












