Moody's xalqaro reyting agentligi 27 iyun, duşanba kuni Rossiya taşqi qarzi böyiça defoltga yöl qöyganini ma’lum qildi, çunki kupon tölovlari böyiça imtiyozli davr tugagan va Rossiya suveren qarzi egalari ikki dona yevrobond kuponlari böyiça 100 million dollarlik tölovlarni olmagan.
Avvalroq Bloomberg şuningdek, «Rossiya-26» va «Rossiya-36» davlat obligatsiyalari böyiça muddati ötgan tölovlarni söndiriş uçun 30 kunlik imtiyozli davr tugagani sababli, Rossiya 1918 yildan beri birinçi marta taşqi qarz böyiça defoltga uçraganini ta’kidlagandi.
Gap 1998 yilda bölgan bankrotlik haqida ketmayapti. Rossiya ğaznasi töla, biroq Rossiyaning Ukrainaga qarşi boşlagan uruşi munosabati bilan ğarb tomonidan kiritilgan sanksiyalar tufayli Kreml xorijdagi qarzlarini tölaşda muammolarga duç kelmoqda.
Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov defolt haqidagi bayonotni «mutlaqo noqonuniy» deb atadi, çunki Rossiya may oyida tölovni amalga oşirgan. «Euroclear kliring markazi bu pulni uşlab qolgani, uni oluvçilarga topşirmagani, bu - bizning muammolarimiz emas», dedi Peskov.
Rasmiy ravişda defolt e’lon qilinmaydi - bu odatda xalqaro reyting agentliklari tomonidan amalga oşiriladi, biroq ularning barçasi Rossiyadagi faoliyatini töxtatib qöygan, deb ta’kidlaydi Bloomberg.












