Niderlandiyaning köplab hududlarida fermerlar hukumatning azot çiqindilarini kamaytiriş rejalariga norozilik bildirib, bir neça soat davomida transport harakatini töxtatib qöydi. 27 iyun, duşanba kuni önlab traktorlar va piçan yordamida avtomagistrallar, kiriş yöllari va qişloq yöllari tösildi. Mamlakat şimolidagi Groningen provinsiyasida Germaniya bilan çegaradagi bir qança çegara punktlari yopildi.
Rasmiylarga köra, tirbandliklar bir neça kilometrlarga çözilgan, ayniqsa mamlakat janubi-şarqi va şimolida bu yaqqol sezilgan.
Önlab fermerlar turli şaharlardagi hokimliklar binolari, şuningdek, teleradiostansiyalar milliy markazi – Xilversyumdagi Mediaparkda norozilik namoyişlarida iştirok etdi. Keçqurun ğazablangan fermerlar tabiat vaziri Kristianna van der Val-Zeggelinkning qarorgohi oldida töplandi.
Niderlandiya Oliy sudining qaroriga köra, azot çiqindilari sezilarli darajada kamayişi kerak - xususan, tabiiy hududlarda ularning körsatkiçi taxminan 70 foizga qisqarişi lozim. Biroq, hukumatga köra, bu çorvaçilik fermalarining uçdan bir qismini bankrotlikka olib kelişi mumkin, çunki azotning asosiy qismi qişloq xöjaligida işlab çiqariladi.












