Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand şahrining Boğbonlar mahallasida yaşovçi kelin öz joniga qasd qilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Samarqand viloyat prokuraturasi xabar yuzasidan ma’lumot berdi.
Aniqlanişiça, 2022 yil 24 iyun kuni Samarqand şahri Boğbonlar mahallasi Yangiravot köçasida yaşovçi, 1993 yilda tuğilgan N.M. sirkadan (uksus kislotasi) ötkir zaharlaniş taşxisi bilan Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam markazi Samarqand filiali xirurgiya bölimiga yotqizilgan.
2022 yil 27 iyun kuni N.M.ga körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan jonlantiriş bölimida vafot etgan.
Holat yuzasidan tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi közdan keçirilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda.
Qayd etilişiça, marhuma N.M.ning ölimi sababini aniqlaş maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Tergovga qadar tekşiruv harakatlari ustidan Boş prokuratura tomonidan nazorat örnatilgan.











