Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutiga rektor etib tayinlandi. Bu haqda paxtaçilik va töqimaçilik masalalariga bağişlangan yiğilişda prezident Şavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Davron Vahobov 1980 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, ma’lumoti oliy — 2001 yilda Toşkent kimyo-texnologiya institutini, 2003 yilda Toşkent iqtisodiyot universitetini, 2007 yilda esa Toşkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.
Davron Vahobov joriy yil martida Savdo-sanoat palatasi raisligiga saylangandi. Bunga qadar u «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi raisining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan.
Yiğilişda töqimaçilik sohasida mutaxassislar tayyorlaş, ilm va izlaniş böyiça Töqimaçilik va yengil sanoat instituti hamda Özbekiston-Koreya töqimaçilik texnoparki yaxlit tizim asosida işlaşi belgilangan.
Institutda yangi öquv yilidan:
- 3 va 4-kurs talabalarini öqitişda “dual” ta’lim tizimi joriy qilinadi. Endi, ular haftaning uç kunida institutda nazariy darslar, qolgan uç kunida töqimaçilik texnoparki va korxonalarda amaliy öquv maşğulotlar asosida öqitiladi;
- nufuzli xorijiy töqimaçilik oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 6 ta yönalişda talabalar almaşiş dasturi yölga qöyiladi.
Mutasaddilarga elçilar bilan birga yil yakuniga qadar Turkiya, Koreya va Hindiston kabi ilğor tajribaga ega mamlakatlardan 40 nafar malakali öqituvçilarni olib keliş topşirildi.
Şu bilan birga, Töqimaçilik texnoparkini sohaga yangi tajriba va innovatsiyani olib kiradigan markazga aylantiriş vazifasi qöyildi.












