Qayd etilişiça, hozirda jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan Vazirlar Mahkamasining “Yoqilği-energetika resurslari narxlarini özgartiriş töğrisida”gi qarori loyihasi işçi guruh tomonidan örganilyapti.

Mazkur loyiha doirasida fuqarolardan mingdan ortiq murojaat kelib tuşgan bölib, ayni paytda Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi mutaxassislari tomonidan örganilib, tahlil qilinmoqda.

Qabul qilingan takliflar böyiça barça xulosalar va mutaxassislarning xulosalari taqdim etilgandan söng, uşbu masala böyiça yakuniy va tegişli qaror qabul qilinişi aytilgan.

Qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga köra, tariflarning özgarişi hukumat qarori qabul qilingan kundan boşlab 15 kundan keyin kuçga kiradi. Şu munosabat bilan, 1 iyuldan elektr va gaz tariflariga özgartirişlar kiritilmaydi.

Avvalroq “Yoqilği-energetika resurslarining narxlarini özgartiriş töğrisida” hukumat qarori loyihasi muhokamaga qöyilgandi.

Elektr va gaz tariflariga ijtimoiy norma kiritilib, aholining köp energiya sarflaydigan (nisbatan öziga töq) qatlami xarajatlarini budjetdan subsidiyalaş qisqartiriladi.