Toşkentning «Bunyodkor» futbol klubida sönggi davrda qator yangi loyihalarga qöl urilayotgani haqida turli ommaviy axborot vositalarida avval xabar berib ötilgan edi.
Kuni keça «Özbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati Boşqaruvi raisi, «Bunyodkor» futbol klubi prezidenti, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi Ijroiya qömitasi a’zosi Mehriddin Abdullayev «Bunyodkor»ning faoliyatini yanada rivojlantiriş borasida mas’ul mutaxassislarga navbatdagi topşiriqlarni berdi.
Yiğilişda futbol klubi prezidenti ayniqsa «Bunyodkor»ning bugungi kundagi yoş futbolçilarni tayyorlaş tizimini tanqid ostiga oldi:
«Akademiya faoliyati yuzasidan ötkazilgan tahlil natijalari şuni körsatdiki, tez kunlarda «Bunyodkor» futbol akademiyasida tub islohotlar amalga oşiriş jarayonini boşlaş kerak. Futbolçilarni tarbiyalaş böyiça yangi, bugungi kun talabiga töliq javob beradigan, yevropaça futbol andozalariga mos maqsadli dastur işlab çiqiş zarur. Bundan asosiy maqsad – bu orqali akademiya hamda klubning faoliyatini transformatsiya qiliş, ya’ni mavjud tizim, şart-şaroitlar va oldingi rivojlaniş dasturini qaytadan yangilaş, muhitni yaxşilaş», — dedi klub prezidenti.

Malakali murabbiylar, skaut, seleksioner va şu kabi boşqa zamonaviy kadrlar bilan ta’minlaniş, yuqori iqtidorga ega bölgan yoş futbolçilarni tanlaş va saralab olişdan iborat bölgan seleksiya tizimi, futbolçilarning jismoniy tayyorgarlik holati, ularni professional sportçilar sifatida tayyorlaş metodologiyasi, yoşlar orasida adolatli va soğlom raqobat yaratiş, futbol infratuzilmasi va akademiyaning moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaş hamda mavzuga oid boşqa masalalarda sezilarli kamçiliklar kuzatilayotganligi ta’kidlandi. Ularni imkon qadar qisqa fursat içida töliq bartaraf etib, rivojlanişda yuqori ösiş va samara körsatiş, asosiy jamoaga mahoratli va iqtidorli futbolçilarni tayyorlab beriş körsatkiçini, ya’ni akademiyaning foydali iş koeffitsiyentini keskin oşiriş «Bunyodkor» akademiyasiga mas’ullar uçun yaqin kelajakdagi eng dolzarb vazifalar ekanligiga katta urğu berildi.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, «Bunyodkor» futbol klubi prezidenti tomonidan taşkiliy masala körildi hamda 27 iyun kuni «Bunyodkor» futbol akademiyasiga yangi direktor tayinlandi. Uşbu lavozimga yurtimiz futbolidagi közga köringan vakillardan bölmiş Azizbek Haydarov loyiq topildi. Öz vaqtida «qaldirğoçlar» safida uzoq yillar davomida töp tepgan Haydarov endilikda «Bunyodkor» FKda mahoratli futbolçilarni tayyorlaş tizimida faoliyat olib boradi.












