28 iyun kuni BMT Xavfsizlik kengaşi Kremençugdagi «Amstor» savdo markazi öqqa tutilişini muhokama qiliş uçun şoşilinç yiğiliş çaqirdi - bu hujum oqibatida kamida 20 kişi halok bölgan. Yiğilişda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy çiqiş qilib, Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvçi davlat sifatida tan olişga çaqirdi. Xuddi şu vaqtda Turkiya NATO sammitida Şvetsiya va Finlandiyaning alyansga a’zo bölişini qöllab-quvvatladi, Bolgariya esa 70 nafar rossiyalik diplomatlar çiqarib yuborilişini e’lon qildi. AQŞ Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar joriy etdi. Bu çeklovlar yana 57 kişi (jumladan Tina Kandelaki) va 100 dan ortiq kompaniyani (jumladan «Kamaz») qamrab oladi.

Quyida 28 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Odessa

Odessa yaqinida ukrain armiyasining dala lageri. Rossiya bosqini boşlanganidan buyon şaharning özida va uning atrofidagi hududlarda harbiy harakatlar olib borilmagan, ammo hudud doimiy ravişda raketa zarbalariga uçramoqda.

«Amstor» savdo markazidagi supermarketning yonib ketgan tokçalari, 27 iyun kuni bu yerga rossiyaliklarning X-22 qanotli raketasi kelib tuşdi. Rossiya tomoni bayonotida aksi aytilayotganiga qaramay, hujum vaqtida savdo markazi işlab turgan va odamlar gavjum bölgan. Kamida 20 kişi halok böldi, yana 40 nafarga yaqin kişi bedarak yöqolgan.






















