Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTMlarga hujjat topshirishdagi oxirgi noaniqlik hal bo‘ldi. Kvota tillar kesimida tasdiqlandi
Davlat test markazi kvotaning ta’lim yo‘nalishlari va tillari bo‘yicha tasdiqlangan variantini e’lon qildi.
Foto: KUN.UZ
2022-2023 o‘quv yilida OTMlar bakalavriatining kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi e’lon qilindi. To‘liq variantni DTMning rasmiy kanali orqali yuklab olish mumkin.
Qabul 20 iyundan boshlangan bo‘lsa-da, hozirgacha kvotalarning tillar kesimidagi taqsimoti hali tasdiqlanmagan edi. Kvota tasdiqlanishidan bir kun oldin abituriyentlarga yo‘nalishni tanlash imkoni berildi.
Eslatib o‘tamiz, OTMlarga qabul 20 iyulgacha, chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul esa 10 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.
Bu yilgi qabulda abituriyentlar 5 tagacha OTM va yo‘nalish tanlashi, grant ustuvorligini belgilashlari mumkin. Yana asosiy yangiliklardan biri abituriyentlarga turli ta’lim shakllari: kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllarini bir paytning o‘zida tanlash imkoni ham berilgan.
Mavzuga oid
09:53 / 11.12.2025
OTMda sessiyalar 12 yanvardan boshlanadi
18:52 / 06.12.2025
O‘zbekistonda xorijiy OTMlar soni 30 taga yetdi
19:38 / 04.12.2025
Andijon tibbiyot instituti talabalariga ijara kompensatsiyasi nega bekor qilindi?
09:36 / 01.12.2025