Nemis energetika kompaniyasi Siemens Energy Rossiyaning turbinalarga öz vaqtida texnik xizmat körsatilmagani uçun Germaniyaga gaz yetkazib beriş töxtatilgani haqidagi ayblovlarini rad etdi. «Rossiyada taniqli kompaniyani bunga jalb qiliş juda qulay, - dedi Siemens Energy kuzatuv kengaşi raisi Jo Kezer 28 iyun kuni Süddeutsche Zeitung gazetasiga bergan intervyusida. - Agar şunday bölsa ham, bu gaz oqimining bunday keskin kamayişini heç qaçon oqlay olmaydi».
Iyun oyi örtalarida Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi Germaniyaga «Şimoliy oqim-1» quvuri orqali gaz yetkazib berişni sezilarli darajada qisqartirdi va buni Germaniyaning Siemenskonserni tomonidan boşqariladigan uskunalarni ta’mirlaşning keçikişi bilan izohladi. Germaniya kansleri Olaf Şols bu izohni tanqid qilib, bahona deb atadi.
11 iyul kuni quvurni ön kunlik rejali ta’mirlaş işlari boşlanadi. Energiya yetkazib beruvçilar va Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Xabek bundan keyin «Gazprom» «Şimoliy oqim-1» orqali gaz yetkazib berişni tiklamasligi mumkinligidan xavotirda.












