Özbekistonda 1 iyuldan boşlab maşinalarning orqa yon oynalari tusini özgartiriş uçun ruxsatnoma talab etilmaydigan böldi. Old yon oynalarni qoraytiriş ruxsatnomasi narxi esa 6 baravarga arzonlaşdi. Bu borada tegişli prezident qarori e’lon qilindi.

Bu yangilikdan hamma birdek xursand böldi deyiş qiyin: ötgan yaqin haftalarda “tonirovka” arzonlaşişi yoki butkul tekin bölişi haqidagi gap-sözlarga qaramay, ruxsatnoma sotib olganlarning afsusini tuşuniş mumkin, çunki bunday gap-sözlar avvalgi yillari ham bölgan va köp narsa özgarmay qolgandi. Endilikda ularni bitta savol qiziqtirmoqda: tölangan pul qaytarib berilişi mumkinmi?

Bu savolga tegişli normativ hujjatlardan javob izlab köramiz.

Prezidentning “Avtotransport vositalaridan foydalanişda aholiga qöşimça qulayliklar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori joriy yil 28 iyun kuni imzolangan bölsa-da, uning aynan “tonirovka”ga oid qismi 2022 yil 1 iyuldan kuçga kirişi belgilab qöyilgan.

“Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi qonunning 40-moddasiga köra, normativ-huquqiy hujjatlar, agar hujjatlarning özida keçroq muddat körsatilmagan bölsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.

Demak, “tonirovka” böyiça yangilik 1 iyuldan boşlab kuçga kiradi va undan avvalgi amalga oşirilgan yuridik harakatlarga taalluqli bölmaydi.

Ta’kidlaş lozim, avtooynalarni qoraytirişga oid amaldagi talab 30 iyun kuni 23:59 ga qadar saqlanib qoladi. Bu orqa yon oynalarni tegişli ruxsatnomani olmasdan tonirovka örnatganlarga ham ma’muriy çora köriş mumkinligini anglatadi.

Xulosa qilib aytganda, ruxsatnoma uçun tölangan mablağ qaytarilmaydi. 1 iyulgaça orqa yon oynalarni noqonuniy qoraytirib qölga tuşgan haydovçilar omadi çopmagan taqdirda 7,5 mln söm (15 kun içida tölansa, 5 mln 250 ming söm) jarimaga tortiladi.

Bu – amaldagi ruxsatnomasi muddati 29 iyun soat 23:59da tugagan va uni uzaytirmaganlarga ham taalluqli. Bunday haydovçilar 30 iyun kuni avtomobilini köçaga haydab çiqmaganlari ma’qul.